www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Termiz shahri tadbirkorlarining intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofazasi to’g’risidagi bilimlarini oshirish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi
25
август
2016

Termiz shahri tadbirkorlarining intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofazasi to’g’risidagi bilimlarini oshirish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi

Joriy yilning 24 avgustida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi va O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi birgalikda tadbirkorlarning intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofazasi tog’risidagi bilimlarini oshirish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi. Seminarda O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasining rahbarlari va mutaxassislari, kichik va o'rta biznes vakillari, bojxona, soliq qo’mitalari mutaxassislari va xususiy tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Termiz shahri  tadbirkorlarining intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofazasi to’g’risidagi bilimlarini oshirish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi

 

 

Agentlik vakillari "Intellektual mulk ob'ektlarining muhofazasi va ularning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi roli", "Tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilarining huquqiy muhofazasi", "Sanoat namunalarining huquqiy muhofazasi" kabi mavzularda ma'ruzalar va taqdimotlar qilishdi.

 

Termiz shahri  tadbirkorlarining intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofazasi to’g’risidagi bilimlarini oshirish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi

 

Bundan tashqari, intellektual mulk ob'ektlarini muhofazalash, Agentlik va uning huzuridagi tashkilotlar faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar yoritildi.

 

Matbuot xizmati


 

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
Hozir saytda: 2