www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Urganch shahrida “Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar o'tkazildi
30
август
2016

Urganch shahrida “Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar o'tkazildi

   2016 yil 26 avgustda Urganch davlat universitetida Xorazm viloyati xokimligi bilan O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hamkorligida  "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, Xorazm viloyati xokimligi ma’sul xodimlari, Urganch davlat universiteti rahbarlari va professor-o’qituvchilari, Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari, kichik va o'rta biznes vakillari va xususiy tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Urganch shahrida “Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar o'tkazildi

   Agentlik xodimlari tomonidan seminarda "Intellektual mulkni muhofaza qilish bo'yicha asosiy qonun hujjatlari”, "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar: mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish”, "Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarining huquqiy muhofazasi”, "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi”, "Intellektual mulk ob'ektlarining noqonuniy muomalasini oldini olish, kontrafakt mahsulotlar tarqatilishiga qarshi kurash bo'yicha olib borilayotgan ishlar” mavzularida ma'ruzalar qilindi:

Urganch shahrida “Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar o'tkazildi

   Shuningdek, tadbir qatnashchilari uchun Agentlik rahbariyati tomonidan Xorazm viloyati jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini sayor qabuli tashkillashtirildi, shuningdek intellektual mulk ob'ektlarini yaratish va joriy qilish masalalarining muhimligi muhokama qilindi.
   Bundan tashqari, intellektual mulk ob'ektlarini muhofazalash, Agentlik va uning huzuridagi tashkilotlar faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar yoritildi.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
Hozir saytda: 4