www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Intellektual mulk agentligida "Axborot xurujlarining bugungi ko`rinishi" mavzusida seminar o`tkazildi
15
сентябрь
2016

Intellektual mulk agentligida "Axborot xurujlarining bugungi ko`rinishi" mavzusida seminar o`tkazildi

   2016 yil 14 sentyabrda O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi va Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani hokimiyati hamkorligida "Axborot xurujlarining bugungi ko`rinishi" mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda Mirzo Ulug`bek tumani ma'naviy - ma'rifiy ishlari bo`yicha hokim o`rinbosari Ironov Mamadali o`z ma'ruzasi bilan qatnashdi.

Intellektual mulk agentligida "Axborot xurujlarining bugungi ko`rinishi" mavzusida seminar o`tkazildi

   Seminarda agentlik va uning tassarrufidagi tashkilotlar xodimlari ishtirok etib, ma'naviy sohaga oid bilimlarini yanada mustahkamlab oldilar. Ma'ruzachi tomonidan axborot xurujlaridan ko`zlangan maqsad, ularning ko`rinishlari hamda ushbu xurujlarga qarshi kurashishda ma'naviy mezonlarning o`rni to`g`risidagi fikrlarini berib o`tdi. Bundan tashqari ma'ruzachi ma'naviy tahdidlarga to`xtalib, respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarlarida ta'rif berib o`tilganidek, ma'naviy tahdid - avvalo, tili, dini, e'tiqodidan qat'iy nazar, har qaysi odamning tom ma'nodagi erkin inson bo`lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko`zda tutadigan mafkuraviy, g`oyaviy va informasion xurujlarni misollar orqali tushuntirdi. 

Intellektual mulk agentligida "Axborot xurujlarining bugungi ko`rinishi" mavzusida seminar o`tkazildi

   Seminar oxirida ma'ruzachi tomonidan agentlik xodimlarini qiziqtirgan savollariga javob berib o`tildi. Shuningdek agentlik xodimlari ushbu sohaga oid o`z fikrlarini bayon etdilar.

 

Matbuot xizmati


скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
Hozir saytda: 4