www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » "Intellektual mulk sohasidagi professional tayyorgarlik va ta'lim" mavzuida BIMT xalqaro seminar o'tkazildi
29
сентябрь
2016

"Intellektual mulk sohasidagi professional tayyorgarlik va ta'lim" mavzuida BIMT xalqaro seminar o'tkazildi

   2016 yil 27-28 sentyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bilan hamkorlikda "Intellektual mulk sohasidagi professional tayyorgarlik va ta'lim" mavzuida xalqaro seminari o'tkazildi.
   Ushbu tadbirda BIMT Akademiyasining kadrlar tayyorlash bo'yicha mutaxassisi xodimi Marta Chikovor, Rossiya Davlat intellektual mulk akademiyasi rektori Ivan Bliznes, Glazgo Universitetining huquq maktabi doktori Andreas Raxmatian hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi boshqa tashkilot rahbar va mutaxassislari  qatnashdilar.
"Intellektual mulk sohasidagi professional tayyorgarlik va ta'lim" mavzuida BIMT xalqaro seminar o'tkazildi
   Seminarning asosiy maqsadi innovasion va ijodiy faoliyatni rivojlantirishda intellektual mulkning roli va ahamiyati, universitet va oliy ta'lim dargohlarida ushbu sohada ta'lim berishning muhimligini inobatga olgan holda intellektual mulk sohasidagi ta'lim berish tizimini tahlil qilish, bu boradagi respublikadagi va xorijiy ta'lim muassasalarining o'qitish standartlari, usul va tizimlarini o'rganish, intellektual mulk sohasini yanada batafsilroq tushuntirish, xalqaro tajribani o'rganish borasida yetakchi mutaxassislar bilan tajriba almashishdan iborat.
   Tadbirda intellektual mulk sohasidagi ta'limning uzviy asosi va tashkiliy-huquqiy jihatlarini o'rganish, O'zbekiston Respublikasi Davlat ta'lim standartlarida intellektual mulk sohasiga doir ta'lim yo'nalishlari va fan bloklarining hozirgi holatini tahlil qilish, O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining sohadagi mutaxassislar va xodimlarning bilim va ko'nikmalarini oshirishda tutgan o'rni, Intellektual mulk sohasidagi ta'limni rivojlantirishning xorijiy davlatlardagi tajribasi, sohadagi masofaviy ta'limni o'ziga xos jihatlarini o'rganish kabi masalalar to'?risida chet el mutaxassislari, Agentlik xodimlari va shu sohada ta'lim berib kelayotgan respublikamizning bir qator professor-o'qituvchilari tomonidan ma'ruzalar qilindi.
   Tadbir so'nggida jahon miqyosida intellektual mulk sohasida ta'lim berishning rivojlanish istiqbollari, intellektual potensial va ta'lim olishga ehtiyojning oshib borishini inobatga olgan holda universitet va oliy ta'lim muassasalarida intellektual mulk sohasida ta'lim berishni takomillashtirish bo'yicha dolzarb masalalarni muhokama qilish,  ta'lim tizimida intellektual mulk sohasiga doir materiallarni ko'paytirish va umumlashtirish hamda intellektual mulk sohasida ta'lim berish bo'yicha o'quv dasturlari va o'quv rejalari tuzish bo'yicha xorijiy mutaxassislar tomonidan tegishli taklif va  tavsiyalar berildi.

"Intellektual mulk sohasidagi professional tayyorgarlik va ta'lim" mavzuida BIMT xalqaro seminar o'tkazildi

 

 
Matbuot xizmati


скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 7