www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Agentlik vakili "Shaxsiy biznesni qanday ochish kerak" nomli uchrashuvda qatnashdi
10
октябрь
2016

Agentlik vakili "Shaxsiy biznesni qanday ochish kerak" nomli uchrashuvda qatnashdi

Agentlik vakili "Shaxsiy biznesni qanday ochish kerak" nomli uchrashuvda qatnashdi 

 
   2016 yilning 7 oktyabr kuni Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida startaplar rahbarlari ishtirokida "Shaxsiy biznesni qanday ochish kerak" nomli uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda loyihalar startaplarining ishni endi boshlayotgan yosh vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuv O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) tomonidan O'zbekistonda BMT Rivojlanish dasturi hamkorligida (UNDP) tashkil qilindi hamda o'z innovasion startapini boshlashni yoki tadbirkorlik sohasida o'z imkoniyatldarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan oliy ta'lim muassasalari vakillari va talabalar uchun mo'ljallangan edi. Ushbu uchrashuvda O'zbekiston respublikasi intellektual mulk agentligi xodimi eskpert sifatida qatnashdi. 

Agentlik vakili "Shaxsiy biznesni qanday ochish kerak" nomli uchrashuvda qatnashdi

 

   Uchrashuv doirasida O'zbekiston SSP mutaxassislari va O'zbekiston biznes-strukturalari vakillarining taqdimotlari bo'lib o'tdi. Ular uchrashuv qatnashchilarini tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish sohasida amal qiladigan asosiy normalar bilan tanishtirdilar va o'z biznes-rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur tavsiyalarni berdilar.

 

Matbuot xizmati


скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 0
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 1