www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » O’tga chidamli polimer kompozitsiya
13
октябрь
2016

O’tga chidamli polimer kompozitsiya

O’tga chidamli polimer kompozitsiya 

 
   Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti хodimlari o’tga chidamliligi yuqori bo’lgan polimer kompozitsiyani ixtiro qildilar. Mazkur ixtiro o’tga chidamliligi yuqori bo’lgan KF-MT markali karbamid-formaldegid smolasi asosida polimer kompozitsiyalarni olish usuliga tegishli bo’lib, unda ushbu smola tarkibiga yonish ingibitori sifatida Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida olingan va vazniy nisbati 1:1 bo’lgan ortofosfor kislotani tutgan epixlorgidrinning o’z-o’zidan polimerizatsiyalanadigan mahsuloti kiradi. Uning vazifasi makromolekulasida ularga o’tga chidamlilik xususiyatlarini baxsh etish uchun zarur bо’lgan xlor, azot va fosfor organik guruhlari bo’lgan oligomer yonish ingibitorlarini olishdan iborat.
   Hammualliflar - Muxamedgaliуev Baxtiyor, Xabibullaуev Saidaziz, Mirzoitov Mirzoir va Maxmanov Doniyoralarga ushbu  kompozitsiya uchun № IAP 05264 raqamli patent berildi.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3