www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Don tozalash mashinasi
17
октябрь
2016

Don tozalash mashinasi

Don tozalash mashinasi 

 
   Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti xodimlari don tozalash mashinasini ixtiro qildilar. Ushbu ixtiro qishloq xo’jaligi mashinasozligida qo’llanilib, don tozalash sifatini oshirishga imkon beradi. Don tozalash mashinasi tarkibiga yuklovchi moslama, havo kanali, ustki va pastki g’alvirlarga ega bo’lgan hamda parrakli va artuvchi valiklar bilan ta'minlangan yarusli panjarali stanlar kiradi. Yuklovchi moslama tagida uzatuvchi g’o’la o’rnatilgan bo’lib, uning elastik materialdan bajarilgan ishchi yuzasida shaxmat tartibida chuqurchalar joylashtirilgan.
   Mualliflar - Astanakulov Komil, Karimov Maxmud, Ochildiyev Otabek va Karimov Yokub ushbu foydali model uchun № FAP 01127 raqamli patent oldilar.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
Hozir saytda: 4