www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Gazni sovitish usuli
18
октябрь
2016

Gazni sovitish usuli

Gazni sovitish usuli 

 
   "Muborakneftgaz" unitar sho’ba korxonasi xodimlari gazni sovitish usulini ixtiro qildilar. Ushbu usul neft-gaz konlarida ishlash uchun mo’ljallangan. Ixtironing asosiy vazifasi quduqdan kelib tushayotgan gazni sovitish samaradorligini oshirishdan iborat. Gazni sovitish usuli gazni sovitish qurilmasida sovitish va chetga olib chiqishni o’z ichiga oladi. Sovitish qurilmasi sifatida shleyf va shtuserlar orqali gaz qudug’iga ulangan sovitish kamerasi qo’llanadi. Bunda gazni sovitish uchun shtuserning o’tuvchi kesimi sovitish kamerasidagi haroratini shleyfdagi gaz haroratiga nisbatan maksimal pasaytirish darajasiga yetgunicha rostlanadi. 
   Mualliflar - Shamsiyev Shermat, Mustafayev Alisher, Bekmatov Tuymurod, Saidov Ravshan, Bekov Islom, Olloberdiyev Gayrat, Diveev Ismail va Kurbanov Ravshan ushbu ixtiro uchun IAP 05265 raqamli patent oldilar.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
Hozir saytda: 5