www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Agentlik delegasiyasi BIMTga a'zo-davlatlar Assambleyasi yig'ilishining 56-sessiyasi ishida qatnashdi
18
октябрь
2016

Agentlik delegasiyasi BIMTga a'zo-davlatlar Assambleyasi yig'ilishining 56-sessiyasi ishida qatnashdi

   Butunjahon intellektual mulk tashkilotining taklifiga binoan O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi delegasiyasi BIMTga a'zo-davlatlar Assambleyasi yig'ilishining 56-sessiyasi ishida qatnashdi. Yig'ilishda BIMTga a'zo bo'lgan 189ta davlat delegasiyasi hamda xalqaro tashkilotlar vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi.

Agentlik delegasiyasi BIMTga a'zo-davlatlar Assambleyasi yig'ilishining 56-sessiyasi ishida qatnashdi 


   BIMT Bosh assambleyasi yig'ilishi doirasida O'zbekiston delegasiyasining BIMT Bosh direktori Frensis Garri bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda mamlakatimizda intellektual mulk sohasini rivojlantirish, me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, kadrlar malakasini oshirish masalalari, intellektual mulk ob'ektlariga huquqiy muhofaza taqdim etish hamda ko'ptomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo'yicha ishlar muhokama qilindi.  
   Bundan tashqari, O'zbekiston delegasiyasi BIMT Akademiyasi rektori Sh.Sadallax, BIMTning Rivojlangan davlatlar va iqtisodiyoti o'tish davrida bo'lgan davlatlar Departamenti direktori M.Shvantner, BIMT texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazi rahbari A.Chaykovski, hamda horijiy patent idoralaridan bo'lgan hamkasblar bilan uchrashuvlar o'tkazildi va hamkorlik qilish to'g'risida kelishilib olindi.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 6
Hozir saytda: 8