www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » «KARKAS» dasturiy majmua
21
октябрь
2016

«KARKAS» dasturiy majmua

«KARKAS» dasturiy majmua 

 
   Namangan muhandislik-pedagogika instituti olimlari yog’och karkasli g’ishtli binolar dinamik xarakteristikalarini hisoblashning KARKAS dasturiy majmuasini yaratdilar. Dasturiy majmua yog’och karkasli binolarni zilzilabardoshligini hisoblash uchun mo’ljallangan bo’lib, ularni dinamik xarakteristikalarini- seysmik yuklamani shakllantirish uchun zarur bo’lgan tabiiy silkinishlar chastotalari va shakllarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Hisoblashlar fazoviy modeldan foydalangan holda amalga oshiriladi va bino silkinishlarining aniq fazoviy shakllarini aks ettiradi, uning qiyofasiga qarab seysmik ta'sirning turli intensivligida konstruksiyaning turli tomonlari bo’yicha mustahkamligi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Majmua alohida dasturlardan tuzilgan bo’lib, uni hisoblash modelini yaratishdan boshlab muayyan ketma-ketlik bo’yicha ishga tushirish zarur. Hisoblash modelini yaratish, chekli element modeli tavsifini o’z ichiga olgan matnli fayldan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
   Hammualliflar - Razzakov Sobirjon, Xolmirzayev Sattor, Jurayev Baxtiyor, Martazayev Abdurasul va Abdullayeva Saidaxonlarga ushbu dastur uchun № DGU 03932 raqamli guvohnoma berildi.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3