www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Ikki qatlamli tukli trikotajni olish usuli
25
октябрь
2016

Ikki qatlamli tukli trikotajni olish usuli

Ikki qatlamli tukli trikotajni olish usuli 

 
   Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlari trikotaj sanoatida foydalaniladigan ikki qatlamli tukli trikotajni olish usulini ixtiro qildilar. Ixtironing asosiy vazifasi issiqlikni himoyalash xususiyati yuqori bo’lgan ikki qatlamli yengil trikotajni yaratishdan iborat bo`ldi. Ikki qatlamli tukli trikotajni olish usuli trikotajning ikkita qatlamini alohida shakllantirish va ularni o’zaro birlashtirishdan iborat. Trikotaj qatlamlari tagdo’zi asosida shakllantiriladi, ular biriktiruvchi ip bilan o’zaro ulanadi hamda asosga qo’shimcha tukli ip to’qib kiritiladi va qatlamlar orasida har bitta trikotaj qatlamining teskari tomonida tuk hosil qilinadi. 
   Mualliflar - Usmonkulov Sharofjon va Mukimov Mirabzal ushbu ixtiro uchun IAP 05269 raqamli patent oldilar.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
Hozir saytda: 4