www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » To’kilgan barglarni yig’uvchi qurilma
27
октябрь
2016

To’kilgan barglarni yig’uvchi qurilma

To’kilgan barglarni yig’uvchi qurilma 

 
   Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti xodimlari kommunal xo’jaligida foydalaniladigan to’kilgan barglarni yig’uvchi qurilma ixtiro qildilar. Ixtironing asosiy vazifasi har qanday uchastkalarda barglarning holatidan qat'i nazar ularning minimal sarf-xarajat bilan sifatli yig’ib olinishini ta'minlaydigan qurilma yaratishdan iborat bo`ldi. To’kilgan barglarni yig’uvchi qurilma ikkita tayanch g’ildirak vositasida yuradigan zambilg’altak ko’rinishida bajarilgan. U ustiga ventilyator o’rnatilgan tayanch qismga ega bo’lib, ventilyator havo o’tkazgich vositasida zambilg’altakning old qismida o’rnatilgan so’ruvchi nasadka va chiqindi yig’uvchi qopcha bilan bog’langan. 
   Mualliflar - Sharipov Kongratbay, Berdimuratov Paraxat va Abdivaxidov Abdishukur ushbu foydali model uchun № FAP 01136 raqamli patent oldilar.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
Hozir saytda: 4