www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyati takomillashtiriladi
01
ноябрь
2016

O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyati takomillashtiriladi

   2016 yil 20 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 2637-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan  Intellektual mulk agentligining asosiy vazifalari va faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi hamda Agentlikning yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. 
 
 
 

O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyati takomillashtiriladi

 

 
   Shuningdek, Intellektual mulk agentligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qarordan kelib chiqadigan amaldagi qonunchilikka o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida taklif kiritilishini ta'minlash, patent olishga elektron tarzda talabnomalar berishni va umumfoydalanish uchun patent fondini shakllantirishni hamda "yagona darcha" tamoyili asosida intellektual mulk sohasida davlat interaktiv xizmatlar ko'rsatilishi joriy etilishini nazarda tutuvchi "Intellektual mulk" axborot tizimlari yaratilishini ta'minlash topshirildi.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
Hozir saytda: 4