www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

Ixtiro

Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari


 

Ixtiro sifatida ko'rsatilgan ob'ekt, basharti u yangi, ixtirochilik darajasiga ega bo'lsa va uni sanoatda qo'llash mumkin bo'lsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasidan ma'lum bo'lmasa, yangi deb hisoblanadi.

Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma'lumotlardan yaqqol ayon bo'lmasa, ixtirochilik darajasiga ega bo'ladi.

Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo'lgan har qanday ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

Ixtironing yangiligini aniqlash chog'ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo'lgan holda topshirilgan va qaytarib olinmagan talabnomalar ham hisobga olinadi.

Ixtiro, basharti uni sanoat, qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash va boshqa sohalarda qo'llash mumkin bo'lsa, sanoatda qo'llash mumkin deb hisoblanadi.


 




Umumiy ma'lumotlar



 

Ixtiro sifatida ko'rsatilgan ob'ekt, basharti u yangi, ixtirochilik darajasiga ega bo'lsa va uni sanoatda qo'llash mumkin bo'lsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasidan ma'lum bo'lmasa, yangi deb hisoblanadi.

Ixtiro, basharti u texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma'lumotlardan yaqqol ayon bo'lmasa, ixtirochilik darajasiga ega bo'ladi. Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo'lgan har qanday ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Ixtironing yangiligini aniqlash chog'ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo'lgan holda topshirilgan va qaytarib olinmagan talabnomalar ham hisobga olinadi. Ixtiro, basharti uni sanoat, qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash va boshqa sohalarda qo'llash mumkin bo'lsa, sanoatda qo'llash mumkin deb hisoblanadi. Basharti, ixtiroga oid talabnoma, shu ixtiroga taalluqli ma'lumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita Ushbu ma'lumotni olgan boshqa har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Agentlikka topshirilgan bo'lsa, bu holat ixtironing patentga layoqatliligini tan olishga ta'sir ko'rsatadigan vaziyat sifatida e'tirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo'ladi. Qurilmalar, usullar, moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, o'simliklar va hayvonlar hujayralarining turlari, ilgaridan ma'lum bo'lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda qo'llanilishi ixtiro sifatida e'tirof etiladi.

Quyidagilar ixtiro sifatida e'tirof etilmaydi:

ilmiy nazariyalar va matematika usullari;

xo'jalikni tashkil etish va boshqarish usullari;

shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;

aqliy operasiyalarni bajarish qoidalari va usullari;

elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;

binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari;

estetika talablarini qanoatlantirishga yo'naltirilgan, mahsulotlarning faqat tashqi ko'rinishiga oid yechimlar;

integral sxemalarning topologiyalari;

o'simlik navlari va hayvon zotlari;

jamoat manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar.


 





Hujjatlar




Ixtiroga O'zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish qoidalari
.docYuklab olish [ Jami: 309 Kb | Yuklab olishlar soni: 870 ]
Iltimosnoma namunasi
.docYuklab olish [ Jami: 30,5 Kb | Yuklab olishlar soni: 720 ]
Ixtiroga patent olish uchun ariza namunasi
.docYuklab olish [ Jami: 68,5 Kb | Yuklab olishlar soni: 558 ]
O'zgartirish(lar) kiritish uchun ariza namunasi
.docYuklab olish [ Jami: 40 Kb | Yuklab olishlar soni: 395 ]
Talabnoma beruvchini o'zgartirish uchun ariza namunasi
.docYuklab olish [ Jami: 51 Kb | Yuklab olishlar soni: 408 ]







Interktiv xizmat



Hozirgi kunda ushbu xizmat interaktiv ko'rinishda O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilgan. Xizmatdan foydalanish uchun ushbu hаvolani bosing.

ePCT tizimi orqali xalqaro talabnomani elektron topshirish
ePCT tizimi orqali xalqaro talabnomani elektron topshirish Ushbu xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havolani bosing
ePCT tizimi orqali xalqaro talabnomani elektron topshirish uchun tavsiyalar .docYuklab olish [ Jami: 3,64 Mb | Yuklab olishlar soni: 98 ] (rus)

ePCT tizimi orqali xalqaro talabnomani elektron topshirish qisqa ko’rsatmalar

1. Qayd qilish va raqamli sertifikatni yuklash (еРСТ portalining   pct.wipo.int/ePCT  sahifasida BIMT foydalanuvchisi sifatida qayd qilish va

raqamli sertifikatni tasdiqlash)

 

2.Yangi xalqaro talabnomani tuzish va ePCT orqali topshirish uchun http://www.wipo.int/export/sites/www/pct/ru/epct/pdf/epct_filing_guidelines.pdf (eng) )

3. pct.wipo.int da ePCT tizimi orqali xalqaro talabnomani topshirish uchun ko’rsatmalardan foydalanish mumkin.

4.Vebinarga yozilish (inetraktiv seminarlar) uchun ushbu  havoladan foydalaning.

5. ePCT foydalanuvchilarini qo’llash

 

Foydalanuvchilarini "PCT elektron xizmatlari” (PCTeServicesHelpDesk) orqali texnik xizmati tomondan qo’llab-quvvatlanadi: iltimos so’rovnoma taqdim etish uchun ePCT sahifasining yoqori qismida joylashgan "Qayta aloqa” ("Contactus ") xavolasidan foydalaning.

Agar siz ilova, masalan skrinshot jo’natmoqchi bolsangiz, ePCT@wipo.int electron pochtasidan foydalanishingiz mumkin.

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 8
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 9