www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Chigitli paxta separatori
17
ноябрь
2016

Chigitli paxta separatori

Chigitli paxta separatori

 
   "INDUSTRIAL TECHNOLOGICAL LINES" mas'uliyati cheklangan jamiyati xodimlari chigitli paxta separatorini ixtiro qildilar. Ushbu ixtiro to’qimachilik sanoati, chigitli paxtaga dastlabki ishlov berish uchun mo’ljallangan bo’lib, separator ishining ishochliligi va mehnat unumdorligini oshiradi. Chigitli paxta separatori tarmoqlangan kirish quvuriga ega bo’lgan taqsimlovchi kameradan tarkib topgan bo’lib, taqsimlovchi kamera o’zining ustki qismiga ulangan pnevmouzatma bilan hamda tarmoqlangan kirish quvuridan kengayib ketgan va o’zining pastki qismiga ulangan tolali uzatma bilan ta'minlangan, pnevmouzatma tangensial ravishda separasion kameraga ulangan, tolali uzatma esa tangensial ravishda separasion shaxtaga ulangan, separasion kamerada tarmoqlangan kirish quvuri oldida to’rsimon yuza o’rnatilgan bo’lib, ushbu to’rsimon yuza oldida valda aylinish imkoniyati bilan qirg’ich o’rnatilgan, separasion kameraning pastki qismida vakuum-klapan montaj qilingan.
   Mualiflar - Xodjiyev Muksin, Gaibnazarov Egamnazar, Xakimov Sherkul, Sarimsakov Olimjon va Axmatov Nozimjon - ushbu foydali model uchun № FAP 01142 raqamli patent berildi.

  

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
Hozir saytda: 3