www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Mashinasozlik sohasida foydalanishga mo`ljallangan zanjirli uzatma yaratildi
30
ноябрь
2016

Mashinasozlik sohasida foydalanishga mo`ljallangan zanjirli uzatma yaratildi

Mashinasozlik sohasida foydalanishga mo`ljallangan zanjirli uzatma yaratildi

 

   Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlari mashinasozlik sohasida foydalanishga mo`ljallangan zanjirli uzatma yaratdilar. Mazkur foydali modelning vazifasi yetaklanuvchi yulduzchaning o’zgaruvchan burchak tezligini muayyan qonuniyatga ko’ra aniqlashdan iborat. Zanjirli uzatma tarkibiga yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalar, ularni o’rab olgan zanjir va taranglovchi rolik kiradi, bunda yetaklanuvchi yulduzcha tarkibli qilib bajarilgan bo’lib, asos, unga kiydirilgan elastik halqasimon vtulka va tishli tashqi yulduzchadan iborat, bundan tashqari halqasimon vtulkaning ishchi yuzalari va yetaklanuvchi yulduzchaning unga tegib turgan yuzalari to’lqinsimon qilib bajarilgan. Yetaklovchi yulduzcha etaklanuvchi yulduzcha bilan bir xil bajarilgan. Bunda ikkala yulduzcha kirish va chiqish vallarida ekssentrik tarzda o’rnatilgan.  
   Mualiflar - Djurayev Anvar, Yunusov Saloxiddin, Bobomurotov Tojiddin va Alimov Umidga ushbu foydali model uchun № FAP 01145 raqamli patent berildi.

  

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
Hozir saytda: 6