www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Intellektual mulk

Intellektual mulk

— bu insonning ijodiy faoliyati natijalariga bo‘lgan huquqi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (164−modda) mulk huquqini shaxsning o‘ziga qarashli bo‘lgan mol−mulkka o‘z hohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqi sifatida belgilaydi.

Intellektual mulk obyektlari shaxsning mulki bo‘lishi mumkin (O‘zR FK 169−moddasi). Quyidagilar ularga taalluqlidir: 
1) intellektual faoliyat natijalari:
ilmiy, adabiy va san’at asarlari;
eshittirish tashkilotlarining ijrolari, fonogrammalari va eshittirishlari;
elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
seleksiya yutuqlari;
oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);
2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar:
firma nomlari;
tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari); tovar kelib chiqqan joy nomlari;
3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar»(O‘zR Fuqarolik kodeksining 1031−moddasi).
Tarixan intellektual mulk ikki asosiy toifani ichiga oladi. Bular mualliflik huquqi va sanoat mulki.


скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2