www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Raxbariyat

Raxbariyat

Bosh direktor
F.I.Sh. : Fayzullaev Alisher Nasibullaevich
Lavozim: Bosh direktor
Telefon qabulxonada: (+998 71) 232 50 50 
faks: (+998 71) 232 50 05 
e-mail: info@ima.uz 
Qabul kunlari


Bosh direktor vazifalari


Bosh direktor vazifalari

   

  O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi sohasiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

  O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, sohaga tegishli O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlariga asoslanib ishni amalga oshiradi va Agentlik to'g'risidagi Nizomning bajarilishini tashkil qiladi;

  intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi;

  Agentlik va uning Hay'ati faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

intellektual mulk sohasida davlat siyosati va qonunchilikni takomillashtirish masalalari bo'yicha takliflar ishlab chiqishni hamda ularni ko'rib chiqish uchun belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishni tashkil etadi;

  xodimlarning umumiy soni doirasida Agentlik tuzilmasiga o'zgartirishlar kiritadi, Agentlikning shtatlar jadvalini, shuningdek xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;

  Agentlikning tarkibiy bo'linmalari to'g'risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

  Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

  Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

o'z vakolatlari doirasida Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi, ko'rsatmalar beradi.

soha va Agentlik tizimining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish ishiga rahbarlik qiladi;

  Agentlik tasarrufidagi davlat unitar korxonasi ishiga bevosita rahbarlik qiladi, uning faoliyatining asosiy yo'nalishlarini belgilaydi, uning rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va undan ozod qiladi;

  moliyaviy institutlar, xorijiy davlatlar hukumatlarining intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasi uchun ajratiladigan grantlaridan foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini belgilaydi;

  xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, shuningdek xorijiy hamkorlar (etkazib beruvchilar) bilan xo'jalik shartnoma (bitim)larini imzolash ishlarini boshqaradi va uning bajarilishini nazorat qiladi;

  qonunchilikka muvofiq intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo'yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish ishlarini muvofiqlashtiradi;

  intellektual mulkni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni, intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasi bo'yicha xalqaro, hukumatlararo bitim va shartnomalar loyihalarini tayyorlash hamda amalga oshirishni tashkil etadi;

  intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishini ta'minlaydi;

  intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish bo'yicha idoralararo axborot hamkorligini amalga oshirilishini tashkil etadi;

  intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasida xalqaro shartnomalar tuzish to'g'risidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritish, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda qatnashish hamda Vazirlar Mahkamasi topshirig'iga binoan mazkur shartnomalarni imzolashni ta'minlaydi;

  intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasida tegishli xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi, belgilangan tartibda idoralararo shartnomalar tuzadi;

  intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasida xorijiy patent idoralari, xalqaro mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlarini va patent-huquqiy adabiyotlarni xalqaro almashishni amalga oshirish, xorijiy tajribani o'rganish va undan foydalanishni tashkil etadi;

  intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshirish hamda ushbu hamkorlik doirasida intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo'yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ishlarida qatnashishni ta'minlaydi;

  O'zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini o'z vakolatlari doirasida ta'minlaydi;

  intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishlarini aniqlash va ularning oldini olish bo'yicha huquqni muhofaza qilish, soliq va boshqa davlat organlari bilan o'zaro hamkorlik qilishni ta'minlaydi;

  mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun buzilishlari to'g'risida belgilangan tartibda xulosa berish ishlarini nazorat qiladi;

tuzilgan shartnomalarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiqligi haqida xulosa berish ishlarini nazorat qiladi;

  audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlashga litsenziyalar berish, shuningdek litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish ishlarini nazorat qiladi;

  intellektual mulk masalalari bo'yicha xalqaro va milliy ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar hamda boshqa tadbirlarni tashkil qilish va ularda qatnashishni ta'minlaydi;

  mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirish uchun intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqlarni muhofaza va himoya qilishning maqsadi va ahamiyatini keng tushuntirish tadbirlarini amalga oshirishni ta'minlaydi;

  intellektual mulk ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan qonuniy foydalanish to'g'risidagi masalalarda aholi keng qatlamlarining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish tadbirlarini o'tkazishni tashkil etadi;

  patent-axborot va boshqa xizmatlar ko'rsatganlik uchun to'lov miqdorlarini belgilangan tartibda tasdiqlash ishlarini tashkil etadi;

  intellektual mulk sohasida faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi;

  audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyat turlarini litsenziyalash bo'yicha ekspert komissiyasi ishiga rahbarlik qiladi;

  Agentlikning Yuridik va normativ-huquqiy masalalar bo'limi, Intellektual mulk bo'yicha xalqaro kooperatsiya bo'limi, Mualliflik huquqi va litsenziyalash bo'limi, Intellektual mulk huquqlariga rioya qilinishi ustidan monitoring bo'limi, Moliya-iqtisod bo'limi, Maxsus ishlar bo'limi,   Kadrlar bo'yicha inspektor, Ma'muriy-xo'jalik bo'limi faoliyatini nazorat qiladi;

  Agentlik Ilmiy-texnik kengashi va Appelyatsiya kengashi Raisi hisoblanadi;

 




Biografiya


Fayzullaev Alisher Nasibullaevich haqida ma'lumot

• 1966- yili: Toshkent shahrida tug'ilgan. Millati: o'zbek
MEHNAT FAOLIYATI
1983-1988 yy. - Toshkent elektrotexnika aloqa instituti talabasi
1988-1990 yy. - Toshkent elektrotexnika aloqa instituti Ilmiy-tadqiqot sektori muhandisi
1990-1992 yy. - Toshkent elektrotexnika aloqa instituti Ilmiy-tadqiqot sektori kichik ilmiy xodimi
1992-1992 yy. - Toshkent elektrotexnika aloqa instituti Ilmiy-tadqiqot sektori katta ilmiy xodimi
1992-1993 yy. - O'zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi Ilmiy tekshirish markazi laboratoriya boshlig'i
1993-1993 yy. - O'zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi Ilmiy tekshirish markazi boshlig'i o'rinbosari
1993-1996 yy. - «Nurtola» yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati bosh muhandisi
1996-1997 yy. - O'zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi Ilmiy tekshirish markazi 3-sonli sinov laboratoriyasi boshlig'i
1997-1999 yy. - O'zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi Telekommunikatsiya, radiovositalar va tizimlar ilmiy-tadqiqot bo'limi boshlig'i
1999-2000 yy. - «CELLTELECOM» O'zbek-Isroil qo'shma korxonasi texnik direktori
2000-2006 yy. - «ALKO» ma'suliyati cheklangan jamiyati direktori
2006-2007 yy. - O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi Elektromagnit moslashuvi tahlili xizmati boshlig'i 2007-2009 yy. - O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi direktori o'rinbosari
2009-2010 yy. - O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi «UNICON.UZ» Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi direktori o'rinbosari
2010-2010 yy. - O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi «UNICON.UZ» Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi direktorining birinchi o'rinbosari
2010-2012 yy. - O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi «UNICON.UZ» Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi direktori 2012-2015 yy. - O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari
2015-2016 yy. - O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari
2016 y. - h.v. - O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori


 
Bosh direktor o'rinbosari
F.I.Sh.: Bobojanov Maxsud Kalandarovich
Lavozim: Bosh direktor o'rinbosari
Telefon qabulxonada: (+998 71) 232 50 50 
факс: (+998 71) 232 50 05 
e-mail: info@ima.uz 
Qabul kunlari

Biografiya


Bobojanov Maqsud Qalandarovich haqida ma'lumot

• 1963 yilda tug`ilgan.
• Ma'lumoti oliy. Toshkent politexnika institutining elektr- muxandislik yo`nalishini tamomlagan.
• Texnika fanlari doktori.
• 1985-1996 y.y. Muxandis,assistent, Toshkent politexnika institut "Elektr ta'minoti" kafedrasi katta o`qituvchisi
• 1996-1997 y.y. Toshkent davlat texnika universiteti "Elektr ta'minoti" kafedrasi dotsenti
• 1997-1998 y.y. "Shindler" (Shveysariya) firmasi "R&D" bo`limi tadqiqotchisi
• 1998-2001 y.y. Toshkent davlat texnika universiteti "Elektr ta'minoti" kafedrasi dotsenti
• 2001-2002 y.y. Gelmut Shmidt (Germaniya) universiteti tadqiqotchi
• 2002-2003 y.y. Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy ishlar bo`yicha prorektor o`rinbosari
• 2003-2006 y.y. Toshkent davlat texnika universiteti va Gelmut Shmidt universiteti doktoranti
• 2006-2012 y.y. Toshkent davlat texnika universiteti magistratura bo`limi boshlig`i, "Elektr ta'minoti" kafedrasi professori
• 2012 y. - h.v. O`zbekistan Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori o`rinbosari
• Oilali, uch nafar farzandi bor.



Bosh Direktor o'rinbosarining vazifalari


Bosh Direktor o'rinbosarining vazifalari

  ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari davlat ekspertizasini tashkillashtiradi;

  ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, elektron hisoblash mashinalari (keyingi o'rinlarda EHM deb ataladi), ma'lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyasi uchun muhofaza qilish hujjatlari berish yuzasidan talabnomalarni ko'rib chiqishga qabul qilishni tashkil qiladi;

  intellektual mulk ob'ektlarini ro'yxatga olish yuzasidan talabnomalarning rasmiy ekspertizasini tashkil etadi;

seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma'lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalarining rasmiy ekspertizasini tashkil etadi;

seleksiya yutuqlarining patentga loyiqlik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalari bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining ixtisoslashtirilgan tashkilotlari xulosalari asosida muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to'g'risida qarorlar qabul qilish ishlarini tashkil qiladi;

  ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi, EHM uchun dasturlar, ma'lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga, berilgan talabnomalarning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalari bo'yicha, muhofaza qilish hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to'g'risida qarorlar qabul qilishni tashkillashtiradi;

  patent bo'yicha vakolatli vakillarni attestatsiyadan va ro'yxatdan o'tkazish ishlarini tashkil etadi;

  intellektual mulk sohasida faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi;

  intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish sohasida manfaatdor shaxslarga metodik yordam ko'rsatish ishlarini tashkil etadi;

  Agentlikning Patent talabnomalarining rasmiy ekspertizasi bo'limi, Ixtirolarning davlat ilmiy-texnik ekspertizasi va foydali modellar ekspertizasi bo'limi hamda Sanoat namunalarining davlat ilmiy-texnik ekspertizasi va tovar belgilarining ekspertizasi bo'limi faoliyatini nazorat qiladi;

  o'z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan:

  boshqa vazirlik va idoralar bilan birgaliqda ish olib boradi;

  faoliyati bo'yicha nazorat qiluvchi Agentlik tarkibiy bo'linmalarida ishlarni tashkil etish, ijrosini ta'minlash va ish holatini tanqidiy tahlil qilish uchun javobgar hisoblanadi.







 
Bosh direktor o'rinbosari
Sagdullaev Baxodir Taxirovich
Telefon qabulxonada: (+998 71) 232 50 50 
факс: (+998 71) 232 50 05 
e-mail: info@ima.uz 
 

Biografiya


Sagdullaev Baxodir Taxirovich haqida ma'lumot

• 1971 yil Toshkent viloyati Zangiota tumanida tug'ilgan. Millati o'zbek.
• Texnika fanlari doktori.
• 1993-1995 yy. - «O'zkimyofarm» ishlab chiqarish birlashmasi markaziy laboratoriya kimyogari;
• 1995-1997 yy. - O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi instituti aspiranti;
• 1998-2000 yy. - O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi instituti eksperimental-texnologiya laboratoriyasi ilmiy xodimi;
• 2000-2001 yy. - O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi instituti eksperimental-texnologiya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi;
• 2001-2003 yy. - O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi instituti ilmiy kotibi;
• 2003-2005 yy. - O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi instituti doktoranti;
• 2005 -2012 yy.- O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi instituti eksperimental-texnologiya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi;
• 2012- 2015 yy. - O'zR FA Bioorganik kimyo instituti ilmiy va innovatsiya ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari;
• 2015 - 2017 yy.   -  O'zR FA Bioorganik kimyo instituti ilmiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari.
• 2017 y. - h.v. O`zbekistan Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori o`rinbosari




Bosh Direktor o'rinbosarining vazifalari


Bosh Direktor o'rinbosarining vazifalari

  intellektual mulk sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik sub'ektlariga va aholiga "yagona darcha” tamoyili bo'yicha davlat interaktiv xizmatlari ko'rsatish ishlarini tashkil etadi;

  ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat ro'yxatidan o'tkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomlarini ro'yxatdan o'tkazishni, EHM uchun dasturlarni, ma'lumotlar bazalarini rasmiy ro'yxatdan o'tkazishni hamda integral mikrosxemalar topologiyalarini ro'yxatdan o'tkazishni tashkil etadi;

  intellektual mulk ob'ektlaridan foydalanishga huquqlar berish to'g'risidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni to'liq yoki qisman o'zgaga berish to'g'risidagi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish va tegishli reestrlarni yuritish ishlarini tashkil etadi;

  muhofaza qilish hujjatlarini berishni, O'zbekiston Respublikasida umumiy ma'lum bo'lgan tovar belgilarining tegishli reestrlarini va Ro'yxatini yuritish masalalarini boshqaradi;

  Davlat patent fondini butlash ishlarini tashkil etish va o'tkazish, undan iqtisodiyotning real sektoridagi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanish uchun uning saqlanishi va qulayligini ta'minlash ishlarini olib boradi;

  intellektual mulkning rasmiy ro'yxatdan o'tkazilgan ob'ektlari to'g'risidagi ma'lumotlar bazasini shakllantirish, ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlash ishlarini tashkil etadi;

  Agentlikning byulletenlarini va boshqa rasmiy nashrlarini, shuningdek intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo'lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo'yicha boshqa ma'lumotlar va materiallarni chop etishni tashkil qilish va amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;

  patent hujjatlarining davlat fondini to'ldirish ishlarini, uning saqlanishini ta'minlash va shu asosda manfaatdor tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarga kutubxona-bibliografiya, ma'lumotnoma-axborot xizmatlari ko'rsatishni tashkil qiladi;

  patent bo'yicha vakolatli vakillarning davlat reestrini yuritish masalalarini boshqaradi;

  muhofaza qilish hujjatlarining va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilashni tashkil etadi;

  davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik sub'ektlari uchun intellektual mulk sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, intellektual mulk sohasida kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirish ishlarini tashkil etishni ta'minlaydi;

  intellektual mulk sohasida faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi;

  Agentlikning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi, Axborot-resurs markazi,   Tahliliy ishlar va patent hujjatlari bo'limi, Intellektual mulk ob'ektlarini boshqarish bo'limi faoliyatini nazorat qiladi;

 o'z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan:

  boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda ish olib boradi;

  ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda ish olib boradi;

  faoliyati bo'yicha nazorat qiluvchi Agentlik tarkibiy bo'linmalarida ishlarni tashkil etish, ijrosini ta'minlash va ish holatini tanqidiy tahlil qilish    uchun javobgar hisoblanadi.


скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2