www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Davlat patent fondi

Davlat patent fondi

 

1966 yilda yig'ilishi boshlangan va tarkibidagi patentga oid hujjatlar hajmi va komplektlanish ko'lami bo'yicha eng yirik patent fondlaridan biriga aylangan Respublika hududiy patent fondi qoshida 1993 yilda Patentga oid hujjatlar fondi tashkil etilgan edi.

Patentga oid hujjatlar davlat fondining asosiy komplektlanish manbalari - xalqaro almashinuv, patentga oid hujjatlar, uslubiy adabiyotlarga egalik va davriy nashrlarga obunadir. Fond bosma variantda va optik disklarda aks etgan.

Ayni kunda PHDF O'zbekiston Respublikasidagi patentga oid hujjatlarni to'liq jamlagan yagona fond hisoblanib, mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning patentga oid hujjatlari saqlanuvchi markaziy tuzilma sifatida uning tarkibida dunyoning 25 ta mamlakati patent hujjatlari, 2 ta xalqaro va 2 ta hududiy tashkilotlar, ixtirochilikka va patent huquqi masalalariga doir adabiyotlar jamlangan. Fond tarkibida 79 millionga yaqin hujjatlar mavjud bo'lib, ularning asosiy qismi (64,5 million) optik disklarda aks etgan.

Fondda ixtirolarga talabnomalar, mualliflik huquqlari, patentlar, foydali modellar uchun tavsiflar, sanoat namunalari tavsiflari, rasmiy byulletenlar, referativ jurnallar, uslubiy-me'yoriy adabiyotlar, ma'lumot beruvchi hujjatlar jamlangan. Fondda 1924 yildan boshlab 1993 yilga qadar O'zbekistonda ro'yxatga olingan ixtirolar tavsiflari, mualliflik guvohnomalari va Rossiya Federasiyasida berilgan patentlarga tavsiflar jamlanmasi bosma variantda saqlanmoqda.

Fondda ixtirolarning to'liq tavsiflari bilan bir qatorda yetakchi xorij mamlakatlari va MDH davlatlarining rasmiy byulletenlari ham mavjud. Bu byulletenlarda quyidagi ma'lumotlar aks etgan: milliy talabnomalar va patentlarga, foydali modellar, sanoat namunalariga oid bibliografik ma'lumotlar va ixtiro referatini o'z ichiga olgan axborotlar, xizmat ko'rsatish belgilari va ro'yxatga olingan foydali modellar, EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari, seleksiya yutuqlari, shuningdek, patentlar holatidagi barcha huquqiy o'zgarishlar haqida ma'lumotlar jamlangan.

Kutubxona fondida ilm-fandagi barcha yo'nalish va sohalar bo'yicha endiklopediyalar, shuningdek, o'zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, italyan, ispan, qadimiy grek, fors, afg'on, chex, yapon, polyak, serb-xorvat, koreys va turk tillaridagi lug'atlar mavjud.

Intellektual mulk mohofazasi borasidagi xorij qonunchiligi, intellektual mulk muhofazasining, patentga oid izlanishlarning huquqiy va iqtisodiy jihatlari, ilmiy-texnik siyosat, iqtisodiyot sohalarini patentga oid ma'lumotlar vositasida prognozlash kabi mavzular yoritilgan axborotlar va ilmiy adabiyotlar ham shular jumlasidandir.

 

O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida keng omma uchun tashkil etilgan "Elektron kutubxona"da patent fondi optik tashuvchilarga jamlangan. Mutaxassislar uchun muayyan bazaviy ma'lumotlar aks etgan CD-ROM va DVD-ROM disklardan patentlarga oid hujjatlarni izlash uchun avtomatlashtirilgan ish joylari tashkil etilgan.

Patentga oid hujjatlar davlat fondi (PHDF) negizida Agentlik mutaxassislari va davlat patent ekspertlari, patent vakillari, shuningdek, patentga oid hujjatlar qiziqtiruvchi barcha foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yilgan.

Ma'lumot olish va kutubxona xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qiluvchi har bir fuqaro Patentga oid hujjatlar davlat fondi foydalanuvchisi bo'la oladi. Foydalanuvchi fuqarolik pasporti yoki uning o'rnini bosuvchi hujjatga, talablar esa talabalik guvohnomasiga ega bo'lishi lozim.

 

PHDF ish tartibi - 900 dan 1800 gacha.

Dam olish kunlari - shanba va yakshanba.

Foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish ish vaqti tugashidan 15 daqiqa oldin to'xtatiladi.

Har oyning oxirgi jumasi - sanitariya kuni.

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4