www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Tovar kelib chiqqan joy nomi

Tovar kelib chiqqan joy nomi

Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo'g'rofiy ob'ektning (bundan buyon matnda jog'rofiy ob'ekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo'g'rofiy ob'ektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb e'tirof etiladi.



Umumiy ma'lumotlar

 

 

 

 

 

 

Tovar kelib chiqqan joy nomi huquqiy jihatdan uni "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida" gi O'zbekiston RespublikasiQonunida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazish asosida, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur jo'g'rofiy ob'ektdagi,nomi o'zlari ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin. Tovar kelib chiqqan joy nomini ro'yxatdan o'tkazgan shaxs bu nomdan, basharti mazkur shaxs alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo'g'rofiy ob'ektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni ishlab chiqarayotgan bo'lsa, foydalanish huquqini oladi. Ushbu Qonunda belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi xuddi shu jo'g'rofiy ob'ektda joylashgan va aynan shunday xususiyatlarga ega bo'lgan tovar ishlab chiqarayotgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga ham berilishi mumkin.

 

 





Hujjatlar




Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni ro'yxatdan o'tkazishga doir talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish qoidalari


.docYuklab olish [ Jami: 120,5 Kb | Yuklab olishlar soni: 94 ]





 Xizmatdan foydalanish


Hozirgi kunda ushbu xizmat interaktiv ko'rinishda O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtirilgan. Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolani  bosing.



скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2