www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Fuqarolar murojaati

Fuqarolar murojaati

 

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘grisidagi

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1.Mazkur Nizom «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi o‘rinlarda murojaat deb ataladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.

2.Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega.

3.Ushbu Nizomning amal qilishi:

ko‘rib chiqish tartibi mahmuriy javobgarlik to‘g’risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xo‘jalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;

davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy bo‘limlarnning o‘zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

4.Ushbu Nizomda kuyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

ariza — hukuqlaarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirshida yordam ko‘rsatish to‘grisidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;

shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuiiy manfaatlarni ximoya qilish to‘g’risidagi talab bayon etilgan murojaat;

anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g’risidaga ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to‘grisidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg’on ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaat;

murojaat dublikati — aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsning murojati nusxasi;

takroriy murojaat — avvalgi murojaatlar bo‘yicha qabulqilingan qaror yuzasidan shikoyat qilinishi yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytda ko‘rib chiqishning qonun xujjatlarida belgilangan muddati tugagan bo‘lsa, avvalgi murojaat o‘z vaqtida ko‘rib chiqishganligi xaqida xabar qilingan, aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan murojaat;

eleyugron murojaat — elektron raqamli imzobilan tasdiqlangan va elektron xujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron xujjat shaklidagi murojaat.

5.Murojaatlar og’zaki yoki yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin. Agentlikiing «ishonch telefoni»ga kelib tushgan murojaatlar og’zaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etaladi, ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqiladi

Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali yoki Agentlikning rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Hukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd ataladi va Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘grisidagi Nizom talablari xisobga olingan xolda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

6. Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida bo‘lishi mumkin, Jismoniy va yuridik shaxslar yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib murojaat etishlari mumkin.

7.Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.

8.Jismoniy shaxsning murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘grisidagi ma’lumotlar va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to‘grisidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning moxiyatga bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Yozma murojaat murojaatqiluvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat qiluvchi yuridik shaxs raxbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaati murojaat qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) xam qo‘shimcha ravishda yozib ko‘yilishi kerak.

Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron xujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron xujjat shaklida bo‘lishi lozim. Elektron murojaat qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

9. Murojaatlarni berish muddatlari, qoidaga ko‘ra, belgilanmaydi. Ayrim xollarda, atr bu Agentlikning murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari xamda qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va ximoya qilishni tahminlash zaruratiga bog’liq bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra, Agentlikka murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.

Bo‘ysunuv tartibida yuqori organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari xamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uzog’i bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.

Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati Agentlik tomonidan tiklanadi.

10 Agentlikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Nizomga 1 -ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.

11 Agentlik ushbu Nizom talablariga muvofiq murojaatlar bilan ishlashda elektron xujjat aylanishi tizimini jorny qilishi mumkin.

II. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi

12.Agentlikda murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chikish uchun yuborish, shuningdek uning ko‘rib chiqilishini nazorat qilish Patent hujjatlari va tashkiliy-taxliliy ishlar bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

Agentlikda murojaatlarni ko‘rib chiqish Agentlikning murojaatlar taalluqliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun yuborilgan bo‘limi yoki masul xodimi (keyingi o‘rinlarda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha masul bo‘lim deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

13 Elektron murojaatlar tushgan kunida qog’ozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bo‘lgandan keyin tushgan taqdirda esa — navbatdagi ish kunida qog’ozga bosib chiqarilishi kerak.

14 Yozma va elektron (kog’ozga bosib chiqarilgan) murojaatlar murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofnq shakl bo‘yicha xisobga olish kartochkasini to‘ldirish va murojaatning birinchi saxifasi quyi o‘ng qismida ro‘yxatga olish shtampini qo‘yish yo‘li bilan Patent hujjatlari va tashkiliy-taxliliy ishlar bo‘limida ro‘yxatga olinadi.

Murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami, murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, uning manzili, murojaatning qisqacha mazmuni, murojaat qabul qilingan sana, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi to‘grisidagi belgi, ijrochi etib belgilangan Agentlik tarkibiy bo‘limi nomi, sana ko‘rsatilgan xolda ijro etish to‘grisidagi belgi ko‘rsatiladi.

Qayd etish shtampida Agentlikniig rasmiy nomi (Agentlikning rasmiy nomi umumqabul kilingan qiskartirilgan nom yoki qisqartma ko‘rsatilishi mumkin), murojaatning kelib tushgan sanasi va qayd raqami ko‘rsatiladi.

Murojaatlarning tartib rakamlari har yil boshidan yangidan hisoblanadi.

15. Murojaat pochta orqali konvertda kelib tushganda konvertda murojaat va uning ilovalari borligi tekshiriladi.

Konvertda murojaatning mavjud emasligi yoki uning yaroqsizlanganligi, shuningdek murojaatda ko‘rsatilgan ilovalarning yo‘qligi aniqlanganda ikki nusxada
dalolatnoma tuziladi, ulardan biri Pateng hujjatlari va tashkiliy-taxliliy ishlar bo‘limida qoladi, ikkinchisi murojaat qiluvchiga konvertda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha jo‘natiladi. Kelib tushgan murojaatlar konvertlari murojaat etuvchining manzilini, murojaatning jo‘natilgan va olingan vaktini aniqlash uchun saqlab qolinishi mumkin.

16. Og’zaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari Bosh direktor yoki uning o‘rinbosarlari, shuningdek Agentlik tarkibiy bo‘limlarining (keyinga o‘rinlarda tarkibiy bo‘lim deb ataladi) boshyaiqlari yoxud boshqa masul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.

Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofik shakl bo‘yicha hisobga olish kartochkasi to‘ldiriladi. Hisobga olish kartochkasi ogzaki murojaat sifatida ro‘yxatga olinadi.

17. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarniig vakillari Agentlikka ogzaki murojaat etishganda ular tomonidan taqdim qilishgan yozma murojaatlar xamda boshka materiallar kabul qilinishi va ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq to‘ldirilgan xisobga olish kartochkasiga ilova kilinishi kerak.

18. Ro‘yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay Agentlik Bosh direktoriga yoki uning o‘rinbosarlariga kiritiladi, u masul tarkibiy bo‘limni (xodimni) belgilagan holda murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha rezolyutsiyani (topshiriqnomani) qo‘yadi.

19 Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qo‘yilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida Patent xujjatlari va tashkiliy-taxliliy ishlar bo‘limi murojaatni ijro etuvchi sifatida belgilangan tarkibiy bo‘limga (xodimga) imzo qo‘ydirgan holda beradi.

20 Agentlikka kelib to‘shgan murojaatlar Agentlikning ish yurituviga kabul kilinishi. bo‘ysunish tartibida Agentlikning quyi bo‘limiga (tashkilotga, unitar korxonaga) (keyingi o‘rinlarda quyi organ deb ataladi) yuborilishi yoki tegishliligi bo‘yicha boshqa davlat organiga yuborilishi mumkin.

21.Qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘zining vakolati doirasiga kirmaydigan Agentlikka kelib tushgan murojaatlar besh kun muddatdan kechiktirmay Agentlikning Bosh direktori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan imzolangan xat bilan tegishli organlarga yuboriladi, bu xaqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi.

Murojaatni ko‘rib chiqishi uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga o‘tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish tahqiqlanadi.

Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar mavjud bo‘lishi, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat kiluvchilarga qaytariladi.

22 Quyi organ tomonidan ko‘rib chiqishi kerak bo‘lgan murojaatlar unga kelib tushgan kunidan boshlab besh kun muddatdan kechiktirmay xat bilan yoki Agentlikning Bosh direktori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan imzolangan topshiriq bilan birga yuborilishi, bu xaqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar berilishi kerak.

23 Agar murojaatda bir nechta tarkibiy bo‘limga tegishli masalalar mavjud bo‘lsa, ularning barchasi murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha ijro etuvchilar etib belgilanadi. Ijro etuvchilar orasida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan tarkibiy bo‘lim boshqa tarkibiy bo‘limlar bilan birgalikda murojaat ko‘rib chiqishini ta’minlaydi.

24. Murojaatni to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda murojaatni ko‘rib chiquvchi tarkibiy bo‘lim murojaat kilgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek Agentlikning vakolatlari doirasida — belgilangan tartibda boshqa davlat organlaridan qo‘shimcha axborotni so‘rab olishi mumkin.

25. Agar murojaatda joyning o‘zida o‘rganishni talab etuvchi holat bayon qilingan bo‘lsa, shuningdek boshqa zarur hollarda Agentlikda murojaati joyning o‘zida ko‘rib chiqish tahminlanishi mumkin. Murojaatni joyning o‘zida ko‘rib chiqish Agentlik Bosh direktorining topshirigi yoki utshg roziligi bilan amalga oshiriladi.

26 Murojaatni murojaat qilgan yoki boshka shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqishning imkoniyati bo‘lmaganda, ular Agentlikning mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmagan taqdirda Agentlikning mansabdor shaxsi murojaatni uning ishtirokisiz ko‘rib chiqish mumkin emasligi to‘grisida javob yuboradi.

27 Agar murojaatda o‘rtaga qo‘yilgan masalalar xo‘jalik yurituvchi subg’ektlar faoliyatiga daxldor bo‘lsa, ularning vakillari murojaatni ko‘rib chiqishda ishtarok etish uchun Agentlik tomonidan o‘z vakolatlari doirasida jalb etiladi.

28 Zarur xollarda murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun Agentlik tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.

29 Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Agentlik tomonidsh tegishli qaror qabul qilinadi, bu xaqda darhol yozma yoxud elektron shaklda murojaat qiluvchiga xabar beriladi.

Murojaatni qondirmasdan qoldirish to‘grisidagi qarorni Agentlik Bosh direktori, uning o‘rgabosarlari, tarkibiy bo‘limlar boshliqlari qabul qiladi.

Murojaatga javob xatida murojaatda ko‘rsatilgai har bir masala bo‘yicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslar (zaruriyatga qarab qonun hujjatlari normalariga xavolalar qilingan xolda) bo‘lishi kerak.

30 Murojaatga javob xati Agentlik Bosh direktori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi.

Murojaatlarga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon kilinadi.

31 Jismoniy yoki yuridik shaxslar jamoa bo‘lib murojaat qilgan taqdarda, ularning murojaatlari Qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqishadi. Bunda murojaatga javob murojaat qilganlarning ro‘yxatida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan shaxsga yoki, ularning talabiga ko‘ra, boshqa shaxsga yuboriladi.

32.Murojaat, unda ko‘tarilgan barcha masalalar Qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda ko‘rib chiqilgan xisoblanadi.

Murojaat qiluvchiga javob yuborilgan kun murojaatnn ko‘rib chiqish tugallangan kun xisoblanadi, bu xaqda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha masul bo‘lim va Patent xujjatlari va tashkiliy-taxliliy ishlar bo‘limi murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnaliga va hisobga olish kartochkasiga belgi qo‘yadi.

Oraliq javoblar berilgan va to‘liq ko‘rib chiqilmagan murojaatlar ijrodan yoki nayuratdan olinmaydi.

33.Agar murojatni ko‘rib chiqish jarayonida murojaatning dublikati kelib tushsa. Ushbu murojaat avval tushgan murojaat bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi hamda natijasi bo‘yicha yagona javob beriladi.

Agar murojaatining dublikati murojaat ko‘rib chiqilgan va javob yuborilgandan keyin kelib tushsa, u xolda Agentlik murojaat qiluvchini bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.

34 Nazoratga olingan murojaat ushbu murojaatni nazoratga olgan raxbar yoki mansabdor shaxs tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi.

35 Yukori davlat organiiing nazoratida turgan murojaatlar bo‘yicha Agentlik murojaat qiluvchiga yuborilgan javob xatining nusxasini ilova kilgan holda murojaatni ko‘rib chikish natijalari to‘grisida yuqori davlat organiga yozma shaklda xabar beradi.

36 Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z murojaatlarini ular ko‘rib chiqilgunga qadar va ko‘rib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan karor qabul qilingunga qadar yozma yoxud elektron shaklda ariza berish yo‘li bilan qaytarib olish huquqiga ega. Bunday ariza tushgan taqdirda murojaatni ko‘rib chiqish to‘xtatladi va uch kun mobaynida murojaat Agentlikning xati bilan murojaat qiluvchiga qaytariladi.

Murojaatni qaytarib olish to‘g’risidagi ariza Agentlik tomonidan qonun buzilshilarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishini istisno etmaydi.

37.Ko‘rib chiqilgan murojaatlarni va ular bilan boglik materiallarni saqlash murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘limida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

III, Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari

38.Ariza yoki shikoyat masalani mazmuni bo‘yicha hal etishi shart bo‘lgan Agentlikka kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun mobaynida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, ko‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari Agentlik Bosh direktori yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan. istisno tariqasida, ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu xaqda murojaat etuvchiga xabar kilinadi.

39 Taklif Agentlikka kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu xaqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘n kun muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

40 Ayrim hollarda Agentlik Bosh direktori yoki uning o‘rinbosarlari murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirishlari mumkin.

41.Murojaatlar bilan ishlash muddatlari ular Agentlikka kelib tushgan kundan boshlab xisoblanadi. Agar tegishli muddatning oxirgi kuni dam olish va bayram kunlariga to‘gri kelsa, navbatdagi ish kuni muddat tugaydigan kun xisoblanadi.

IV, Murojaatlarni ko‘rmay qoldirish

42.Quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi: anonim murojaatlar;

jismonny va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi xujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;

qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofik bo‘lmagan murojaatlar.

43.Murojaatni anonim deb ehtirof etish murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha masul bo‘lim tomonidan amalga oshiriladi.

Murojaat anonim deb e’tirof etilganda bu xaqda xulosa tuziladi, Xulosada murojaatni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar ko‘rsatiladi. Murojaatni anonim deb ehtirof etish to‘grisidagi xulosa murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul bo‘lim boshlig’i tomonidan tasdiqlanadi.

Agentlikning «ishonch telefonlari»ga tushgan murojaatlar Qonunda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda anonim deb e’tirof etilishi mumkin.

Anonim deb e’tirof etilgan murojaatlar xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi.

44.Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha masul bo‘lim ularshng vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.

Agar murojaatda jismoniy va yuridlk shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan xujjatlar mavjud bo‘lmasa, bu haqda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig’i tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.

Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud emasligi to‘g’risidagi xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab ushbu murojaat ko‘rib chiqilmaydi, bu xaqda murojaat qiluvchi yozma ravishda xabardor qilinadi.

V. Jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilinishini

tashkil etish

45.Agentlikda va ularning tarkibiy bo‘limlarida belgilangan kunlar va soatlarda jismoiiy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini kabul qilish tashkil etiladi.

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning yuridik vakillarini qabul qilish Agentlik Bosh direktori yoxud boshqa vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

46.Agentlikda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari Agentlik Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan qabul qilinadi.

Agentlikda, zaruriyat bo‘lganda, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini kabul qilish uchuk alohida xona ajratiladi.

47.Qabul qilish jadvallari va uni o‘tkazish vaqti, joyi xamda qabulga oldindan yozilish tartibi to‘grisidagi axborot, shuningdek qabul qilish tartibi Agentlikning rasmiy veb-saytlaridae’lon qilish, shuningdek Agentlikning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orkali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.

Jismoniy shaxs og’zaki murojaat etayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa — o‘z vakolatlarini tasdiklaydigan xujjatni, shuningdek o’z shaxsini tasdiklovchi xujjatni ko‘rsatishi kerak.

48.Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha masul bo‘lim qabulga kelgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini kabul qilishni, shuningdek jismoniy shaxslarni va «oridnk shaxslarning vakillarini kabul qilish bilan bog’liq ishlarni tashkil etadi.

Agentlik Bosh direktori va uning o‘rinbosarlari tomonidan qabuliga kelgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni, shuningdek jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bilan bog’lik ishlar rahbar kotibasi tomonidan tashkil etiladi.

49 Agentlikda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mashl bo‘lim xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

50 Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiluvchi rahbar yoki vakolatli shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha Agentlikning boshqa xodimlari ham kabul qilish jarayoniga jalb etilishi mumkin.

51 Agar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingangan masalalarni xal etish Agentlikning vakolatiga kirmasligi aniklangan taqdirda, ularga murojaatda bayon kilingan masalaparni hal etish uchun qaysi organga vki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Buvda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu xakda yozma shaklda javob beriladi.

52 Agentlik Bosh direktori yoki boshqa vakolatli shaxslari tomonidan sayyor shaxsiy kabullar tashkil etilishi mumkin.

53 Sayor shaxsiy qabullar vaktida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘limning boshligi va Agentlikning boshqa masul xodimlari ishtirok etishi mumkin.

54 Sayyor shaxsiy qabullar Agentlik Bosh direktori tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofik o‘tkaziladi.

Zarur xollarda jadvalda nazarda tutilmagan sayyor shaxsiy kabullar o‘tkazilishi mumkin.

55 Sayyor shaxsiy qabullarni o‘tkazish vaqti, joyi xamda qabulga oldindan yozilish tartibi to‘g’risidagi axborot ushbu Nizomning 47-bandida belgilangan tartabda manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi, shuningdek mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

56 Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullar vaqtida berilgan og’zaki murojaatlari ushbu Nizomning 16-bandiga muvofik rasmiylashtiriladi va ro‘yxatga olinadi xamda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

VI. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismomiy va yuridik shaxslarning xuquqlari va Agentlikning majburiyatlari

57. Murojaat Agentlik tomonidan ko‘rib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs murojaat ko‘rib chiqilishining borishi xaqida axborot olish, shaxsan vajlarini bayon etish va tushuntirishlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda uni ko‘rib chiqish natijalari bilan tanishish, qo‘shimcha materiallar taqdim etish yoki ularni boshka organlardan so‘rab olish to‘grisida iltimos qilish, advokat yordamidan foydalanish xuquqiga ega.

Jismoniy va yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq murojaatlarni ko‘rib chikishda boshka xuquqlardai xam foydalanadilar.

58. Agentliking murojaatni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxslari yoki boshqa vakolatli shaxslari:

jismoniy va yuridik shaxsga ularning huquqlariga, erkinliklariga xamda qonuniy manfaatlariga daxldor xujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan, agar ularda davlat sirlarini yoki qonuni bilan qo‘riqlanadigan bo’lsa sirlarni tashkil etuvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, jismoniy va yuridik shaxslarnikg xuquqlariga, erkinliklariga xamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi;

murojaatni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidal kabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi, shuningdek agar jismoniy yoki yuridik shaxsga uning xuquqlari, erkinliklari xamda. qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki manaviy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki mahnaviy ziyonni kompensatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi;

murojaat etuvchiga ko‘rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat ko‘rib chiqilganidan so‘ng zudlik bilan yozma yoxud elektron shaklda xabar qilishi shart.

Murojaat yuzasindan qaror qabul qilgan Agentlikning mansabdor yoki boshqa vakolatli shaxsi, agar jismoniy yoki yuridik shaxs qarorga rozi bo‘lmasa, uning yuzasidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.

VII. Murojaatlar ko‘rib chiqilishini nazorat qilish. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish

59. Patent hujjatlari va tashkiliy-tahliliy ishlar bo‘limi murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha masul bo‘lim tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini tahminlash chora-tadbirlarnni ko‘radi.

Patent xujjatlari va tashliliy-tahliliy ishlar bo‘limi murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi tarkibiy bo‘limlar tomonidan buzilishi to‘grisida Agentlik Bosh direktorini darhol xabardor kiladi.

Patent xujjatlari va tashkiliy-taxliliy ishlar bo‘limi monitoring natijalari bo‘yicha har oyda Agentlik Bosh direktoriga murojaatlar ko‘rib chiqilishining xolati to‘grisidagi axborotni, zaruriyat bo‘lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar to‘g’risidaga qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan Agentlik xodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish yuzasidan tegyashli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.

60. Agentlik jismoniy va yuridik shaxslarning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniklash va bartaraf etish maksadida har chorakda murojaatlarni umumlashtirish va taxlil qilishnn tahminlaydi.

Taxlil natijalari bo‘yicha Patent kujjatlari va tashkiliy-tahliliy ishlar bo‘limi Agentlik Bosh direktoriga Agentlikda murojaatlarni ko‘rib chiqilgan qonuniyligini tahminlash va samaradorligini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning xuquqlari. erkinliklari va konuniy manfaatlari» shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chikaruvchi sabablarni bartaraf etish, qonun xujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.

VIII. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi buzilganligi uchun javobgarlik

61 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarnnng murojaatlari to‘grisidagi qonun hujjatlariga zid qaror kabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqliri tiklashshini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini tamillamaganlik, jismoniy shaxslarning shaxsiy qayti to‘grisidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati to‘g’risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, jismoniy va yuridik shaxsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi takid uchun ta’qib qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘grisidagi qonun xujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonuniga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

62 Qonui va ushbu Nizom talablariga rioya etishni tahminlash uchun javobgarlik Agentlik Bosh direktoriga va uning o‘rinbosarlariga, tegishli tarkibiy bo‘limlar boshliqlariga yuklanadi.

.docYuklab olish [ Jami: 118,5 Kb | Yuklab olishlar soni: 6 ]

 

2016-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan kelib

tushgan arizala r boyicha malumot

Oy

Arizalarsoni

Ko’rib chiqilgan murojatlar soni

1

Yanvar

20

20

2

Fevral

11

11

3

Mart

12

12

4

Aprel

11

11

5

May

19

19

6

Iyun

16

16

7

Iyul

8

8

8

Avgust

12

12

9

Sentyabr(19.09.2016 gacha)

5

5

10

Jami

114

114


скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4