www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Gelioenergetik qurilma
16
декабрь
2016

Gelioenergetik qurilma

Gelioenergetik qurilma


   "PREMER OFIS" Xususiy korxona xodimlari gelioenergetik qurilmasini ishlab chiqishdi. Mazkur ixtiro geliotexnika, quyosh energiyasidan elektr energiya oladigan qurilmalarida foydalaniladi. Foydali modelning vazifasi foydali ish koeffitsienti oshirilgan, foydalanishda ishonchliligi ortgan hamda bevosita fotoelementlarning o’zidan ajratiladigan sinusoidal tok olish imkonini beradigan kichik gabaritli gelioenergetik qurilmani ishlab chiqishdan iborat. Qurilma tarkibiga quyosh elementlariga ega matritsa, quyoshni zenital va azimutal kuzatish tizimi bilan bog’langan quyosh nurlanishi konsentratori, jamlangan yorug’lik oqimi intensivligining mexanik modulyatori kiradi. Quyosh elementlariga ega matritsa modulyatsiyalangan kvaziparallel jamlangan yorug’lik oqimi zonasida o’rnatilgan va sovitiladigan qilib bajarilgan.
   Mualiflar - Simonov Aleksandr va Kamardin Aleksey - ushbu foydali model uchun № FAP 01150 raqamli patent berildi.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 8
Hozir saytda: 9