www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Urganch davlat universitetida "Ilmiy-tadqiqot natijalarini huquqiy himoya qilish" mavzuida davra suhbati o'tkazildi
19
декабрь
2016

Urganch davlat universitetida "Ilmiy-tadqiqot natijalarini huquqiy himoya qilish" mavzuida davra suhbati o'tkazildi

   16 dekabr kuni Urganch davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi huzuridagi  Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta o'qitish va mutaxassislar malakasini oshirish bo'yicha o'quv markazi bilan Universitet hamkorligida "Ilmiy-tadqiqot natijalarini huquqiy himoya qilish" mavzuidagi davra suhbati o'tkazildi.
  
   Davra suhbatida Urganch davlat universitetida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar, tadqiqotchi doktorantlar, magistrantlar qatnashdilar.

 

Urganch davlat universitetida "Ilmiy-tadqiqot natijalarini huquqiy himoya qilish" mavzuida davra suhbati o'tkazildi



   Tadbir qatnashchilariga ma'ruzachi tomonidan O'zbekiston respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi, hamda ularga talabnomalar tuzish, ularni Agentlikka topshirish, davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari, shuningdek Intellektual mulk agentligi va uning tasarrufidagi o'quv markazi faoliyati to'g’risida ma'ruzalar qilindi. 

Urganch davlat universitetida "Ilmiy-tadqiqot natijalarini huquqiy himoya qilish" mavzuida davra suhbati o'tkazildi

 

 

   Shuningdek, tadbir qatnashchilari  ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo'lgan - ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari va boshqa ob'ektlarning huquqiy muhofaza qilinishining afzalliklarini to'g’risida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

 

Urganch davlat universitetida "Ilmiy-tadqiqot natijalarini huquqiy himoya qilish" mavzuida davra suhbati o'tkazildi


  Tadbir so'nggida tadqiqotchi-doktorantlar, hamda universitet ilmiy xodimlari uchun "Intellektual mulk asoslari" mavzuida Universitet bazasida qisqa o'quv kurslari tashkil etish masalasida O'quv markazi bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5