www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Intellektual mulk agentligida O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan davra suxbati o'tkazildi
23
декабрь
2016

Intellektual mulk agentligida O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan davra suxbati o'tkazildi

   2016 yil 22 dekabr kuni Intellektual mulk agentligida O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda Intellektual mulk agentligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar xodimlari hamda tadbir mehmonlari M.Ulug'bek tumani hokimiyati Ma'naviyat markazi rahbari, hokim o'rinbosari Mamadali Eronov, Erkin Vohidovning shogirdlaridan - Milliy tiklanish demokratik partiyasi bosh mutaxassisi, shoir Rustam Mirvohid, adabiyotshunos-tarjimon Shuhrat Sattorov, hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabasi Dilshod Otamurodovlar qatnashdilar.
 
 

Intellektual mulk agentligida O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan davra suxbati o'tkazildi

 
 
   Tashrif buyurgan mehmonlar E.Vohidov ijodidan lavhalar o'qidilar, shoir hayoti va ijodi bilan bog'liq bo'lgan qiziqarli hikoyalardan so'zlab berishdi. Dilshod Otamurodov esa E.Vohidov she'rlariga bastalangan qo'shiqlardan kuylab berdi.
 

Intellektual mulk agentligida O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan davra suxbati o'tkazildi

 
   Tadbir so'nggida Agentlik rahbariyati qiziqarli davra suhbatini tashkillashtirib berganlari uchun tadbir mehmonlariga o'z minnatdorchiliklarini bildirdi, hamda Agentlik xodimlariga ko'proq badiiy asarlarni mutolaa qilish, o'zbek adabiyoti namoyondalarini asarlaridan bahramand bo'lib yurishlariga tilak bildirdi.

 

Matbuot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 0
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 1