www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» Материалы за Декабрь 2016 года » Саҳифа 2
Ipak qurtini boqish usuli
12
декабрь
2016
Ipak qurtini boqish usuli
   O’zbek ixtirochilari ipak qurtini boqish usuli yaratdilar. Mazkur ixtiro qishloq xo’jaligida qo’llanilib, qurtxona maydonining yetishmaslik muammosini hal qilish, tut barglari sarfini kamaytirish, issiqlik energiyasini tejash, mehnat unumdorligini oshirish va pillalar tannarxini pasaytirish uchun mo’ljallangan. Ipak qurtini boqish usuli shundan iboratki ipak qurtlari bir-birining ustiga taxlanib, qator hosil qiladigan qutilarda boqiladi. qutilar ventilyatsiya qilish imkoniyati bilan bajarilgan bo’lib, boqish jarayonida qatordagi qutilarning balandlik bo’yicha o’rni almashtirib turiladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun elektron jurnal
09
декабрь
2016
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun elektron jurnal
   Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun elektron jurnalni yaratdilar. Dastur o’rta maxsus ta'lim muassasalarida qo’llanilib, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida o’quv jarayonini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Mazkur dastur yordamida talabalar bilimlarini baholash (baho qo’yish), darsga kelmagan talabalarni ro’yxatga olish, talabalarning o’quv semestri bo’yicha o’rtacha joriy baholarini avtomatik ravishda hisoblash va chiqarish, talabalar davomatini va o’zlashtirishini nazorat qilish.
Qog’oz tayyorlash uchun tarkib
08
декабрь
2016
Qog’oz tayyorlash uchun tarkib
   O’zbek ixtirochilari qog’oz tayyorlash uchun tarkibni yaratdilar. Mazkur ixtiro sellyuloza qog’oz sanoatida qo’llaniladi. Ixtironing asosiy vazifasi sifat ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan qog’oz tayyorlash uchun tarkib ishlab chiqish va olinayotgan qog’oz narxini arzonlashtirishdan iborat. Qog’oz tayyorlash uchun taklif qilinayotgan tarkib sellyuloza, kaolin, kanifol yelimi, alyuminiy sulfati va karboksimetilsellyulozani o’z ichiga oladi.
“Rasmiy axborotnoma” byulletenining 2016 yil 11-soni nashrdan chiqdi
02
декабрь
2016
“Rasmiy axborotnoma” byulletenining 2016 yil 11-soni nashrdan chiqdi
"Rasmiy axborotnoma” ning 2016 yil 11-sonida quyidagi ma'lumotlar
Orqaga 1 2 Oldinga
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 6