www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» Материалы за Январь 2017 года
Qishloq xo’jaligi ekinlari uruqlariga ekishdan oldin ishlov berish uchun kompozisiya va uni olish usuli
31
январь
2017
Qishloq xo’jaligi ekinlari uruqlariga ekishdan oldin ishlov berish uchun kompozisiya va uni olish usuli
   O’zbekiston Respublikasi Fandar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti xodimlari tomonidan qishloq xo’jaligi ekinlari urug’lariga ekishdan oldin ishlov berish kompozitsiya va uni olish usuli ixtiro qildilar.
Agentlikda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi
27
январь
2017
Agentlikda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi
   O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to'g'risida" qaroriga muvofiq Agentlikda 27 yanvar kuni Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sanaga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.
Agentlikda navbatdagi hay'at majlisi bo'lib o'tdi
23
январь
2017
Agentlikda navbatdagi hay'at majlisi bo'lib o'tdi
   20 yanvarda Agentlikda navbatdagi hay'at majlisi bo'lib o'tdi. Hay'at majlisida "Agentlik faoliyatining 2016 yil bo'yicha natijalari va 2017 yilga belgilangan ustuvor vazifalariga bag'ishlangan" hisobot, shuningdek "O'zbekiston Respublikasining "Intellektual mulk to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish to'g'risida" gi Qonuni loyihasi to'g'risida, "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida" gi Qonuni ijrosini ta'minlash bo'yicha Agentlik tizimida olib borilayotgan ishlar va vazifalar to'g'risida" ma'ruzalar tinglandi.
Paxta sellyulozasini peroksidli oqartirish usuli
19
январь
2017
Paxta sellyulozasini peroksidli oqartirish usuli
   O’zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi xodimi paxta sellyulozasini peroksidli oqartirish usulini ixtiro qildi. Mazkur usul sellyuloza-qog’oz va to’qimachilik sanoatida qo’llaniladi. Peroksidli oqartirish usuli tolali sellyuloza materiallarini oqartirish texnologiyasini soddalashtiradi va maqsadli mahsulotning oqlik darajasini oshiradi.
Universal sekator
17
январь
2017
Universal sekator
   Urganch davlat universiteti xodimlari universal sekatorni yaratdilar. Mazkur qurilma qishloq xo’jaligi mashinasozligida va kesuvchi bog’-poliz qo’l asboblarida foydalaniladi. Foydali modelning vazifasi daraxtlar shohlarini kesish va ko’chatlarni payvandlashga tayyorlash uchun unumdorligi yuqori, sodda va universal qurilmani yaratishdan iborat.
“Sepsis” dasturiy mahsuloti
12
январь
2017
“Sepsis” dasturiy mahsuloti
   Bir guruh o`zbek dasturchilari tomonidan "Sepsis" dasturiy mahsuloti yaratildi. Dastur tibbiyotda qandli diabet fonida rivojlangan infeksiyaning mahalliy yoki tarqalgan turlarini erta aniqlash va taqqoslama tashhis qo`yish uchun mo`ljallangan bo`lib, buning natijasida qandli diabet fonida rivojlangan tizimli yallihlanish reaksiyalari sindromi (SIRS) yoki sepsisning turli shakllarida intensiv davo choralarini aniqlab beradi. Dasturiy mahsulot qandli diabet fonida rivojlangan yumshoq to`qimalarning yiringli-yallig`lanish kasalliklarida kliniko-laborator ko`rsatkichlariga asoslangan bo`lib, rivojlanishi mumkin bo`lgan sepsis va uning asoratlarini prognoz qiladi va baholab beradi.
O`simlik moyini rafinatsiyalash usuli
10
январь
2017
O`simlik moyini rafinatsiyalash usuli
   O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti bir guruh olimlari o`simlik moyini rafinatsiyalash usulini ixtiro qildilar. Ushbu usul yoy-moy sanoatida foydalanish uchun mo'ljallangan bo`lib, uning asosiy vazifasi an'anaviy kaustik sodani arzon va tanlab ta'sir ko`rsatadigan kalsiy gidroksidi (Ca(OH)2)ga almashtirish yo`li bilan paxta yoqlarini ishqorli rafinatsiyalashdan iborat
Qon tomir qisqichi
05
январь
2017
Qon tomir qisqichi
   O`zbek ixtirochisi Mamedov Umid Sunnatovich qon tomir qisqichini ixtiro qildi. Bu asbob jarrohlikda, angiojarrohlikda, qon tomirlarni rezeksiya qilish va tikishda foydalaniladi. Bu foydali modelning vazifasi qurilmani soddalashtirish, qo`llashda qulaylikni oshirish va operasiyadan keyingi asoratlarni kamaytirishdan iborat
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 5
Hozir saytda: 7