www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» Материалы за Апрель 2017 года
28
апрель
2017
"YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g'oliblari aniqlandi
  Intellektual mulk agentligi respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodiyotni rag'batlantirish, innovasion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko'maklashish, ilg'or texnologiyalarni tadbiq etish, ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, qo'llab-quvvatlash, eng yaxshi mulk ob'ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash maqsadida ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, dasturiy mahsulotlar yo'nalishlar bo'yicha "YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi o'tkazilishini e'lon qilgan edi.
O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida
27
апрель
2017
O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida
     O`zbekiston Respublikasining "O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi 2017 yil 18 apreldagi O`RQ-429-son qonuniga asosan, O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va "Tovar belgilari, xizmat ko`rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to`g`risida"gi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.
Xalqaro intellektual mulk kuni va
26
апрель
2017
Xalqaro intellektual mulk kuni va "YANGI INTELLEKT-2017" - eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun tanloviga bag'ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi
   2017 yil 26 aprel kuni Toshkent shahridagi "Radission Blu" mehmonxonasida Xalqaro intellektual mulk kuni va "YANGIINTELLEKT-2017" - eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun tanlovga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.    26 aprelda butun dunyoda Xalqaro intellektual mulk kuni nishonlanadi. Halqaro intellektual mulk kunini nishonlash 2000 yilda Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) a'zo-davlatlar tomonidan keng ommani intellektual mulk muammosi bilan tanishtirish maqsadida taklif qilingan.  
Navoiyda
21
апрель
2017
Navoiyda "Intellektual mulkning huquqiy muhofazasi" mavzusidagi seminar o'tkazildi
    Joriy yilning 19 aprelida Intellektual mulk agentligi tomonidan Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy davlat tog' instituti va Navoiy tog'-metallurgiya kombinati bilan birgalikda "Intellektual mulkning huquqiy muhofazasi" mavzusidagi seminar o'tkazildi.    
Sedativ va spazmolitik ta'sirga ega bo'lgan farmasevtik kompozitsiya
20
апрель
2017
Sedativ va spazmolitik ta'sirga ega bo'lgan farmasevtik kompozitsiya
   Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "REMEDY GROUP" O`zbekiston - Buyuk Britaniya qo`shma korxonasi xodimlari tomonidan sedativ va spazmolitik ta'sirga ega bo`lgan farmasevtik kompozitsiyani ixtiro qilindi.
Qovun mevasini po`stidan tozalash mashinasi
17
апрель
2017
Qovun mevasini po`stidan tozalash mashinasi
  Guliston davlat universiteti xodimlari qovun mevasini po`stidan tozalash mashinasini ixtiro qildilar. Mazkur mashina oziq - ovqat sanoati va qishloq xo`jaligida qo`llaniladi. Ushbu foydali modelning vazifasi qovun mevasini po`stidan tozalashda uning vaqtincha qattiqligini ta'minlashdan iborat.
O'zbekiston Fanlar Akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi institutida tashkil etilgan seminar
14
апрель
2017
O'zbekiston Fanlar Akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi institutida tashkil etilgan seminar
   Intellektual mulk agentligi tomonidan 13 aprel kuni O'zbekiston Fanlar Akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi institutida "O'zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida seminar tashkil etildi.
Surunkali obstruktiv o`pka kasalligi bo`lgan bemorlarda o`pka arterial gipertenziyasini boshlang`ich kriteriyalarini prognozlash uchun dastur
12
апрель
2017
Surunkali obstruktiv o`pka kasalligi bo`lgan bemorlarda o`pka arterial gipertenziyasini boshlang`ich kriteriyalarini prognozlash uchun dastur
   O`zbek dasturchilari surunkali obstruktiv o`pka kasalligi bo`lgan bemorlarda o`pka arterial gipertenziyasini boshlang`ich kriteriyalarini aniqlash va prognozlash uchun mo`ljallangan dasturni yaratdilar. Dastur kasallikning erta bosqichlarida davolash usullarini tayinlash imkoni orqali o`pka gipertenziyasini boshlang`ich kriteriyalarini aniqlash va/yoki prognozlashda kiritilgan natijalar orqali tekshirish va tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Ipak qurti uchun dasta
11
апрель
2017
Ipak qurti uchun dasta
  Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti xodimlari ipak qurti uchun dastani ixtiro qildilar. Mazkur dasta qishloq xo`jaligi va pillachilikda foydalaniladi.
Ikki qatlamli trikotaj
10
апрель
2017
Ikki qatlamli trikotaj
      Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti xodimlari ikki qatlamli trikotaj matosini yaratdilar. Mazkur foydali model to’qimachilik sanoatida qo’llaniladi. Institut xodimlari oldidagi vazifa ikki qatlamli trikotajning issiqlik saqlashi va shaklini yo`qotmaslik xususiyatlarini oshirishdan iborat bo`ldi
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5