www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» Материалы за Май 2018 года
Navbatdagi  hamkorlik memorandumi imzolandi
22
май
2018
Navbatdagi hamkorlik memorandumi imzolandi
2018 yil 21 may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida "Ixtirochi xotin-qizlarning innovasion tadbirkorlik haftaligi" doirasida O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ortopediyada yangilik
21
май
2018
Ortopediyada yangilik
Respublikamiz jarrohlari tomonidan ortopediyada foydalanish uchun tizza bo'g'imi endoprotezi yaratildi. Ushbu endoprotez tarkibiga katta boldir va son oyoqchalari, antirotasion elementlar, oyoqchalarni o'zaro bukish va yana to'g'rilash imkoniyati bilan biriktiradigan sharnirli element kiradi. Sharnirli element tarkibiga rezbali bolt ko'rinishida bajarilgan o'q, shaybalar ko'rinishidagi sirg'aluvchi polietilen elementlar hamda kontrgayka bilan mahkamlangan konussimon gaykalardan iborat mahkamlash gaykalari kiradi.
Jigar yetishmovchiligida davolash taktikasini tanlash uchun dastur yaratildi
16
май
2018
Jigar yetishmovchiligida davolash taktikasini tanlash uchun dastur yaratildi
Jigar yetishmovchiligi bilan og'rigan bemorlarni kasalxonaga qabul qilishda tashhislash va optimal davolash usulini tanlashda qo’llash uchun dastur yaratildi.
14
май
2018
"Intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish" mavzusida milliy seminar-trening tashkil etilmoqda
Joriy yilning 23-24 may kunlari Toshkent shahrida Intellektual mulk agentligi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bilan hamkorlikda "Intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish" mavzusida milliy seminar-trening tashkil etilmoqda.
Dori allergiyasi yuzaga kelish havfini oldindan aniqlash usuli ixtiro qilindi
11
май
2018
Dori allergiyasi yuzaga kelish havfini oldindan aniqlash usuli ixtiro qilindi
Tibbiyot sohasida, jumladan farmakoterapiya va allergologiyada dori allergiyasining yuzaga kelish xavfini oldindan aniqlash usuli ixtiro qilindi. Ixtironing asosiy vazifasi dori allergiyasining yuzaga kelishidan oldin namoyon bo'ladigan eng muhim belgilarni aniqlash va ularning miqdoriy ekvivalentini aniqlash hisobiga usulning axborot sig’imi va ishonchliligini oshirish, usulning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, hammabopligini oshirish va tekshiruv muddatlarini qisqartirishdan iborat.
9 may - Xotira va qadrlash kuni!
08
май
2018
9 may - Xotira va qadrlash kuni!
  Ikkinchi jahon urushida necha yuz minglab vatandoshlarimiz fashist bosqiniga qarshi mardonavor kurashishgan. Jang maydonlarida halok bo'lgan mard o'g'lonlari yodini xalqimiz hamisha muqaddas bilib, ularning ruhiga hurmat bajo keltirib kelmoqda. Urushdan omon qaytib, yana mehnat jabhasida jonbozlik ko'rsatgan, urushdan keyingi dolg'ali yillarda o'zining fidoyi mehnati bilan yurt ravnaqi, jamiyat rivojiga hissa qo'shgan yurtdoshlarimiz ham ko'pchilikni tashkil etadi. Bugun ularni qancha ardoqlasak, hurmat-ehtirom ko'rsatsak arziydi.
03
май
2018
"Tashkent city" veb-sayti ishlab chiqildi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari tomonidan "Tashkent city" veb-sayti ishlab chiqildi.
“Rasmiy axborotnoma” byulletenining  2018 yil 4-soni nashrdan chiqdi
02
май
2018
“Rasmiy axborotnoma” byulletenining 2018 yil 4-soni nashrdan chiqdi
  "Rasmiy axborotnoma” ning 2018 yil 4-sonida quyidagi ma'lumotlar: - 35 ta ixtirolarga talabnomalar haqidagi;- Davlat reestrida ro`yxatdan o`tkazilgan 318 ta intellektual mulk ob'ektlari, jumladan, 15 ta ixtirolar, 6 ta foydali modellar, 16 ta sanoat namunalari, 183 ta tovar belgilari, 95 ta EHM uchun dasturlar, seleksiya bo`limda o`simliklar navlari va hayvonlar zotlarining Davlat reestrlari ro`yxatidan o`tkazilgan 3 ta o`simlik navlari haqidagi ma'lumotlar nashr qilindi.    
Intellektual mulk agentligi delegasiyasining Germaniyaning patentlar va tovar belgilari idorasiga tashrifi
01
май
2018
Intellektual mulk agentligi delegasiyasining Germaniyaning patentlar va tovar belgilari idorasiga tashrifi
2018 yil 23 apreldan 25 aprelgacha Intellektual mulk Agentligi delegasiyasi bosh direktor o'rinbosari M. Bobojanov boshchiligida delegasiya Myunxen shahrida joylashgan Germaniya patent va tovar belgilari idorasida xizmat safarida bo'ldi. Tashrifdan maqsad Germaniya patent idorasi faoliyati, jumladan intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalarni onlayn topshirish va ularning ekspertizasi jarayonlarini elektron tarzda olib borish va boshqalar jarayonlar bilan tanishishdan iborat bo'ldi.
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 6
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 8