www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Agentlikda navbatdagi hay'at majlisi bo'lib o'tdi
23
январь
2017

Agentlikda navbatdagi hay'at majlisi bo'lib o'tdi

Agentlikda navbatdagi hay'at majlisi bo'lib o'tdi 
 
 
   20 yanvarda Agentlikda navbatdagi hay'at majlisi bo'lib o'tdi. Hay'at majlisida "Agentlik faoliyatining 2016 yil bo'yicha natijalari va 2017 yilga belgilangan ustuvor vazifalariga bag'ishlangan" hisobot, shuningdek "O'zbekiston Respublikasining "Intellektual mulk to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish to'g'risida" gi Qonuni loyihasi to'g'risida, "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida" gi Qonuni ijrosini ta'minlash bo'yicha Agentlik tizimida olib borilayotgan ishlar va vazifalar to'g'risida" ma'ruzalar tinglandi.
   Hay'at majlisida 2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan, bu yo'nalishda tizimli ishlarni tashkillashtirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladigan topshiriqlarning o'z muddatlarida va sifatli bajarilishini ta'minlash, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashga alohida e'tibor berish lozimligi ta'kidlandi.

 

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Boshqa yangiliklar:

12 декабрь 2016 Idoralararo hamkorlik
12 декабрь 2016 Appelyatsiya kengashi
20 сентябрь 2016 Agentlikda Hay'at majlisi
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 8
Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 9