www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Agentlikda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi
27
январь
2017

Agentlikda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

   O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to'g'risida" qaroriga muvofiq Agentlikda 27 yanvar kuni Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sanaga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.
   Tadbirda Agentlik va uning tassarufidagi tashkilot xodimlari qatnashdilar. Tadbir qatnashchilariga O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasiga bag'ishlangan "Millat qahramoni" mavzuida ma'ruza qilindi.
 
 
Agentlikda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi 
 
   Ma'ruzada Istiqlol yillarida erishgan barcha ulkan yutuqlarimiz buyuk davlat va siyosat arbobi, ulug' yo'lboshchi - O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimov nomi bilan bog'liqligi, uning rahbarligida mamlakatimiz suverenitetining iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan eng muhim strategik dasturlar, jumladan, O'zbekistonning g'alla mustaqilligi, energetika, transport-kommunikasiya sohasidagi mustaqilligini ta'minlash, iqtisodiyotimizda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, zamonaviy korxonalar barpo etish va ularni ilg'or texnika va texnologiyalar bilan jihozlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilgani va Islom Karimov tomonidan mamlakatimizda yoshlarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga, har tomonlama bilimli, sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan buyuk ishlari to'g'risida ma'lumotlar berildi.
 
 

Agentlikda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

 

 

   Shuningdek, tadbir qatnashchilariga "Mustaqillik arafasida" nomli videofilm namoyish etildi.
 
 

Agentlikda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

 

 

Axborot xizmati

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 7
Hozir saytda: 9