www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
14
февраль
2017

E ' L O N !

   O`zbekiston Respublikasi "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risida"gi Qonunining 23-moddasiga va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son Qarorining 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan "Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo`yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to`g`risida Nizom"ning VII bo`limiga asosan, litsenziat "ASL KONTENT SERVIS" xususiy korxonasi tomonidan Litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan litsenziyalarning amal qilishini tugatish to`g`risidagi arizalariga ko`ra, Litsenziyalovchi organning 2017 yil 10 fevraldagi 33-son Bayoni 3-bandi qaroriga muvofiq quyidagi litsenziyalarning amal qilinishi tugatilganligi ma'lum qilinadi.

1. Litsenziyalovchi organ tomonidan, amal qilishi muddati 2013 yil 22 avgustdan 2018 yil 22 avgustgacha bo`lgan "fonogrammalarni sotish" faoliyat turini amalga oshirish huquqi uchun berilgan IM 000154-son litsenziya;

2. Litsenziyalovchi organ tomonidan, amal qilishi muddati 2015 yil 27 maydan 2020 yil 27 maygacha bo`lgan "fonogrammalarni tayyorlash" faoliyat turini amalga oshirish huquqi uchun berilgan IM 000155-son litsenziya.

 

Axborot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Boshqa yangiliklar:

12 декабрь 2016 Ma'ruzalar
12 декабрь 2016 Idoralararo hamkorlik
12 декабрь 2016 Appelyatsiya kengashi
24 июнь 2016 E ' L O N !
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
Hozir saytda: 6