www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » G’o’za qator oralariga g’alla ekuvchi agregat
23
февраль
2017

G’o’za qator oralariga g’alla ekuvchi agregat

G’o’za qator oralariga g’alla ekuvchi agregat

 

    Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari g’o’za qator oralariga g’alla ekuvchi agregatini yaratdilar. Bu ixtiro qishloq xo’jaligi mashinasozligida foydalaniladi. Mazkur foydali modelning vazifasi traktorning metall sig`imini kamaytirish va mustahkamligini oshirish, tuproqqa ishlov berish va ekish sifatini, shuningdek qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirishdan iborat. G’o’za qator oralariga g’alla ekuvchi agregat tarkibiga chopiq traktori kirgan bo’lib, traktorga o’ng va chap old va orqa ramalar osilgan, old ramalarda pasaytirgichlar vositasida parallelogrammsimon mexanizmlar o’rnatilgan, ushbu mexanizmlarga esa tayanch g’ildiraklar va shtangalar mahkamlangan bo’lib, ularning o’rtadagilariga tirgaklar vositasida simmetrik ravishda ikki tomondan bir tomonlama ustaralar mahkamlangan, ustaralar orqasida simmetrik ravishda ikki tomondan naral’niklar mahkamlangan, va ularning orqasida shtanga o’qi bo’ylab joylashtirilgan naral’niklar o’rnatilgan, ularning orqasida esa nayzasimon panjalar joylashtirilgan.
    Mualiflar - Karaxanov Asomidin va Ibragimov Abdirasuliga - ushbu foydali model uchun № FAP 01159 raqamli patent berildi.

 

Axborot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3