www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Samarqandda "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzuida seminar o`tkazildi
24
февраль
2017

Samarqandda "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzuida seminar o`tkazildi

Samarqandda "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzuida seminar o`tkazildi


   Joriy yilning 23 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan Samarqand viloyati hokimligi va savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzuida seminar ham o`tkazildi. 


Samarqandda "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzuida seminar o`tkazildi

 

   Seminarda mahalliy hokimiyat organlari xodimlari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining viloyatdagi hududiy bo`linmalari vakillari, tadbirkorlik sub'ektlari: savdo, ishlab chiqarish, sanoat va boshqa sohalardagi korxonalar vakillari, oliy o`quv yurti professor-o`qituvchilari, ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlarining xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar: prokuratura, soliq, bojxona va sud idoralari vakillari ishtirok etdilar.


Samarqandda "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzuida seminar o`tkazildi


    O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tarkibiy tuzilmalarining rahbar va mas'ul xodimlari tomonidan, O`zbekistonda Intellektual mulk muhofazasi: Intellektual mulk ob'ektlari to`g`risida tushunchalar, talabnomalar topshirish va uni ko`rib chiqish qoidalari, tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarining huquqiy muhofazasi, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar hamda ushbu huquqlarni himoya qilish mavzulariga to`xtalib o`tildi. 


Samarqandda "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzuida seminar o`tkazildi


   Tadbirda ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan sohaga oid savollariga huquqni qo`llash amaliyotidan kelib chiqqan holda to`liq asoslangan javoblar oldilar.



Axborot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5