www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » "She'riy to’plam" elektron axborot-ta'lim resursi
01
март
2017

"She'riy to’plam" elektron axborot-ta'lim resursi

"She'riy to’plam" elektron axborot-ta'lim resursi

 

   O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi xodimlari "She'riy to’plam" elektron axborot-ta'lim resursini yaratdilar. Mazkur dastur maktabgacha ta'lim muassasalari uchun ta'lim olishda qo’shimcha ma'lumot va resurs sifatida foydalanishga mo’ljallangan. Asosiy vazifasi ta'limni zamonaviy texnikalar orqali berishdan iborat bo’lib, undagi rasm va audio materiallar bolalarga she`rlarni oson o’zlashtirishga va yodda saqlab qolishiga yordam beradi. Resursda foydalanilgan rang-barang tasvirlar, audio materiallar bolalarni qiziqishini oshiradi va maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga she'rlarni o’rganishda kompyuter orqali bilim olish imkoniyatlarini beradi.
   Mualliflar - K.N. Gafurov, S.T. Maxmayev, E.S. Reshitov, U.Sh. Toshko’ziyev, D.S. Habibullayev, D.D. Ubaydullayev Dilshod, D.D. Abdukarimov, X.B. To’lqinov, A.A. Rasulov, Sh.Sh. Nabiyeva, N.M. Turdialiyev, U.N. Musinov va N.V. A'zamov - ushbu dastur uchun № DGU 04093 raqamli guvohnoma oldilar.

 

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Boshqa yangiliklar:

12 декабрь 2016 Elektron xukumat
16 сентябрь 2016 Onlayn - dars taqsimoti
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2016, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
Hozir saytda: 6