www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Diabetik non-bo’lka mahsulotini tayyorlash usuli
07
март
2017

Diabetik non-bo’lka mahsulotini tayyorlash usuli

Diabetik non-bo’lka mahsulotini tayyorlash usuli

 

   «DONMAHSULOTLARI ILMIY ISHLAB CHIQARISH MARKAZI» mas'uliyati cheklangan jamiyat xodimlari diabetik non-bo’lka mahsulotini tayyorlash usulini ixtiro qildilar. Mazkur usul oziq-ovqat sanoati, chunonchi funksional foydalanishga mo’ljallangan non-bo’lka mahsulotlarini ishlab chiqarish, xususan, diabetik non-bo’lka mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ushbu ixtironing asosiy vazifasi oziq-ovqat tolalari va funksional qo’shimchalar bilan boyitilgan, non sifatining organoleptik va fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari yaxshilangan diabetik non-bo’lka mahsulotini ishlab chiqishdan iborat bo`ldi.
   Mualiflar - Gafurova Diloram, Yuldashov Abdurashid, Sagdullayev Shamansur, Grifina Lyudmila, Matniyazova Lyudmila, Babadjanova Rima va Djaxangirova Gulnoza ushbu ixtiro uchun № IAP 05324 raqamli patent oldilar.

 

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4