www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Kuchli kabellarni biriktiruvchi mufta
23
март
2017

Kuchli kabellarni biriktiruvchi mufta

Kuchli kabellarni biriktiruvchi mufta

 

   Abu Rayxon Beruniy nomli Toshkent davlat texnika universiteti olimlari kuchli kabellarni biriktiruvchi muftani yaratdilar. Ushbu ixtiro elektrotexnika, kuchli kabellarni biriktirish uchun qurilmalarda qo’llaniladi. Kuchli kabellarni biriktiruvchi mufta ishlatilishida ishonchlilikni oshirish, muftada shikastlanishlar haqidagi sohta signallarni bartaraf etish muhim omillardan bo`lib hisoblanadi. Mufta tarkibiga tok uzatish simlarining boltli biriktirgichlari, issiqlik yordamida o’rnatiladigan tashqi himoya naychasi kiradi, ushbu himoya naychasi uchlarida ichki tomondan to’g’ri va teskari o’ramlar ekranini mahkamlaydigan rolikli prujinalar joylashtirilgan bo’lib, to’g’ri va teskari o’ramlar orasida yerga ulash simi o’rnatilgan. Yerga ulash simi metall chiviqlar bilan armaturalangan.
   Hammualliflar - Axmedov Amanulla, Mirzaxmedov Batir, Ilxomov Baxrom va Kamalov Shavkatga ushbu ixtiro uchun №FAP 01173 raqamli patent berildi.

 

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Boshqa yangiliklar:

17 октябрь 2016 Don tozalash mashinasi
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5