www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida "Respublika oliy o'quv yurtlarining ixtirochilik faolligi" mavzusida videoseminar o'tkazildi
29
март
2017

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida "Respublika oliy o'quv yurtlarining ixtirochilik faolligi" mavzusida videoseminar o'tkazildi

  Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va Intellektual mulk agentligi hamkorligida 28 mart kuni vazirlikda "Respublika oliy o'quv yurtlarining ixtirochilik faolligi" mavzusida videoseminar o'tkazildi.

   Tadbirda Vazirlik va Agentlikning mutasaddi xodimlari, Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy o'quv yurtlari prorektorlari, ilmiy xodimlari, patentshunoslari qatnashdilar.

   Agentlik mutaxassislari tomonidan tadbir qatnashchilariga "O'zbekiston respublikasida intellektual mulk muhofazasi" va "Respublika oliy o'quv yurtlarining ixtirochilik faolligi" mavzularida ma'ruzalar va prezentasiyalar qilindi.


Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida "Respublika oliy o'quv yurtlarining ixtirochilik faolligi" mavzusida videoseminar o'tkazildi


   Videoseminarda Agentlik mutaxassislariga Buxoro davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo'qon davlat pedagogika instituti, Toshkent farmasevtika instituti ilmiy xodimlari tomonidan ixtirolarga talabnoma tuzish qoidalari, intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalarni onlayn topshirish shartlari kabi savollar, shuningdek ixtiro mualliflariga kelajakda o'z patentlarini tijoriylashtirish bo'yicha maslahatlar tashkil qilish va oliy o'quv yurtlarida Agentlik bilan hamkorlikda onlayn-o'quv darslari o'tkazishni yo'lga qo'yish takliflari berildi.

   Tadbirda qatnashchilar savollariga mutaxassislar tomonidan to'laqonli javoblar berildi, hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan Intellektual mulk agentligi hamkorligida respublikamiz oliy o'quv yurtlarida ixtirochilik faolligini oshirish bo'yicha bir qator tadbirlar o'tkazishga kelishildi.

 

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 4
Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4