www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Vertikal-shpindelli paxta terish apparati
30
март
2017

Vertikal-shpindelli paxta terish apparati

Vertikal-shpindelli paxta terish apparati

 

   Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinashunosligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari vertikal-shpindelli paxta terish apparatini ixtiro qildilar. Mazkur apparat qishloq xo'jaligi mashinasozligida qo'llaniladi. Xodimlarning oldiga qo'yilgan vazifa agrotexnika ko'rsatkichlari ancha yuqori bo'lgan samarali paxta terish apparatini yaratishdan iborat. Vertikal-shpindelli paxta terish apparati ikkita ishlov berish seksiyasini o'z ichiga olgan bo'lib, ular biri ikkinchisiga nisbatan paxta terish mashinasining ishchi harakati yo'nalishi bo'ylab orasida ishchi tirqish hosil qilgan holda siljigan, har bir seksiya shpindelli va qisadigan hamda olib qo'yiladigan aylanuvchi barbanlar bilan ta'minlangan.
   Mualliflar - Rizayev Anvar Abdullayevich, Azarov Igor Nikolayevich, Yuldashev Abduraxim Temirovich va Xudaykuliyev Radjabbay Ruzmatovichga ushbu ixtiro uchun № IAP05323 raqamli patent berildi.

 

Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2