www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » O'zbekiston Fanlar Akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi institutida tashkil etilgan seminar
14
апрель
2017

O'zbekiston Fanlar Akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi institutida tashkil etilgan seminar

O'zbekiston Fanlar Akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi institutida tashkil etilgan seminar

 

  

  13 aprel kuni O'zbekiston Fanlar Akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi institutida Intellektual mulk agentligi hamda Agentlik huzuridagi "IP-CENTR” o`quv markazi mutaxassislari tomonidan "O'zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida seminar tashkil etildi.

  Seminarda kimyo-farmasevtika sohasida ilmiy-tadqiqit ishlarini olib borayotgan O'zbekistondagi ilmiy va o'quv tashkilotlari, xususan O'simlik moddalari kimyosi instituti, Bioorganik kimyo instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti, kimyo va fizika polimerlari institute, Toshkent farmasevtika instituti, A. Sultonov nomidagi O'zbekiston kimyo-farmasevtika ilmiy-tadqiqot institutilarining xodimlari ishtirok etdilar.

 

O'zbekiston Fanlar Akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi institutida tashkil etilgan seminar

 

   Seminarda Agentlik mutaxassislari tomoniga "Intellektual mulkka oid asosiy tushunchalar”, "Intellektual mulkni muhofaza qilish bo'yicha asosiy qonun hujjatlari” mavzularida dokladlar taqdim etildi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligiga topshiriladigan talabnoma hujjatlarini to'g'ri rasmiylashtirish bo'yicha tushunchalar berildi.

O'zbekiston Fanlar Akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi institutida tashkil etilgan seminar

 

  So`ng seminar ishtirokchilari Agentlik mutaxassislariga o`zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib kerakli javoblarni oldilar, shuningdek o`z taklif-mulohazalarini bildirdilar.

  Tadbir so'nggida yig`ilish qatnashchilari bunday tadbirlarni muntazam ravishda o`tkazib borish zarurligini takidlab o`tdilar.

 Ma'ruza "Ixtironing mohiyati buyicha ilmiy  va texnikaviy ekspertizasi" (matn rus tilida). .pdfYuklab olish [ Jami: 1,85 Mb | Yuklab olishlar soni: 13 ]
 Ma'ruza "Patent uchun talabnomaning huquqiy va texnik jihatlari" (matn rus tilida). .pdfYuklab olish [ Jami: 969,87 Kb | Yuklab olishlar soni: 10 ]

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3