www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Qovun mevasini po`stidan tozalash mashinasi
17
апрель
2017

Qovun mevasini po`stidan tozalash mashinasi

Qovun mevasini po`stidan tozalash mashinasi

 

   Guliston davlat universiteti xodimlari qovun mevasini po`stidan tozalash mashinasini ixtiro qildilar. Mazkur mashina oziq - ovqat sanoati va qishloq xo`jaligida qo`llaniladi. Ushbu foydali modelning vazifasi qovun mevasini po`stidan tozalashda uning vaqtincha qattiqligini ta'minlashdan iborat. Mashina uzatma joylashtirilgan, bir-biriga ko`zgusifat qaratilgan hamda aylanish imkoniyati bilan o`rnatilgan ikkita changakli korpusdan iborat bo`lib, changaklardan biri harakatlanuvchi supportga joylashgan, ikkinchisi esa uzatma bilan kinematik bog`langan. Harakatlanuvchi supportdagi changak valida ikki tomonlama o`tgan kanal joylashtirilgan bo`lib, bu kanalning chiqishiga teshik-teshik halqasimon vitochkali uchlik o`rnatilgan, val sferik shakldagi rezina so`rg`ich bilan o`ralgan hamda siqilgan havo resiveri bilan ulangan.

 

   Mualliflar - Raxmatov Olimjon, Raxmatov Firdavs, Raxmatov Orifjan, Nuriev Karim va Yusupov Abdumalik - ushbu foydali model uchun № FAP 01178 raqamli patent oldilar.

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2