www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Navoiyda "Intellektual mulkning huquqiy muhofazasi" mavzusidagi seminar o'tkazildi
21
апрель
2017

Navoiyda "Intellektual mulkning huquqiy muhofazasi" mavzusidagi seminar o'tkazildi

  Joriy yilning 19 aprelida Intellektual mulk agentligi tomonidan Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy davlat tog' instituti va Navoiy tog'-metallurgiya kombinati bilan birgalikda "Intellektual mulkning huquqiy muhofazasi" mavzusidagi seminar o'tkazildi.

Navoiyda "Intellektual mulkning huquqiy muhofazasi" mavzusidagi seminar o'tkazildi

   Seminarda joylardagi boshqaruv organlari, davlat va ho'jalik boshqaruv organlari viloyat tarkubiy tuzilmalari vakillari, oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari va talabalari, Navoiy tog'-metallurgiya kombinati va boshqa ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlar hodimlari, tadbirkorlik sub'ektlar: savdo, sanoat korxonalari va boshqa soha korxonalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar: prokuratura, soliq, bojxona va sud organlari hodimlari ishtirok etishdi. Seminar Navoiy davlat tog' instituti binosida o'tkazildi.

Navoiyda "Intellektual mulkning huquqiy muhofazasi" mavzusidagi seminar o'tkazildi

  Kirish nutqi bilan Akademik N.R.Yusupbekov so'zga chiqdi, so'ng Navoiy viloyat hokimi o'rinbosari F.B.Soliyev, Navoiy davlat tog' instituti prorektori B.F.Muxiddinov so'zga chikishdi. Intellektual mulk agentligining tarkubiy bo'linmalari rahbarlari va hodimlari O'zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi, talabnomalarni topshirish va ko'rib ckiqish qoidalari, ixtirolar, foydali modellar va tovar belgilarining huquqiy muhofazasi, Intellektual mulj sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash o'q'uv markazi faoliyati to'g'risidagi maruzalari bilan ishtirok etishdi. Seminarda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Navoiyda "Intellektual mulkning huquqiy muhofazasi" mavzusidagi seminar o'tkazildi

 


 

 


 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 7
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 9