www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Xalqaro intellektual mulk kuni va "YANGI INTELLEKT-2017" - eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun tanloviga bag'ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi
26
апрель
2017

Xalqaro intellektual mulk kuni va "YANGI INTELLEKT-2017" - eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun tanloviga bag'ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi

    2017 yil 26 aprel kuni Toshkent shahridagi "Radission Blu" mehmonxonasida Xalqaro intellektual mulk kuni va "YANGIINTELLEKT-2017" - eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun tanlovga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

    26 aprelda butun dunyoda Xalqaro intellektual mulk kuni nishonlanadi. Halqaro intellektual mulk kunini nishonlash 2000 yilda Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) a'zo-davlatlar tomonidan keng ommani intellektual mulk muammosi bilan tanishtirish maqsadida taklif qilingan.

Xalqaro intellektual mulk kuni va "YANGI  INTELLEKT-2017" - eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun tanloviga bag'ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi

 

    Butunjahon intellektual mulk tashkiloti 2017 yilning mavzusini "Innovasiyalar: farovon hayot uchun" deb nomladi. Butun dunyoda iqtisodiy rivojlanishning muhim omili deb tan olinadigan ilmiy-texnikaviy rivojlanishinnovasiya jarayoni tushunchasi bilan bog'lamoqda. Innovasiya jarayoni bu ilmiy g'oya vujudga kelgandan boshlab, to uni moddiylatirishgacha bo'lgan holatlarning o'zaro bog'liq majmuasidan iboratdir. Ushbu jarayon ilm-fan, texnika, iqtisodiyot, tadbirkorlik va boshqaruvni birlashtiradi.

    Intellektual mulk agentligi har yili Xalqaro intellektual mulk kunini nishonlash munosabati bilan intellektual mulk ob'ektlariga muhofaza hujjatlarini olish uchun talabnomalar tuzish qoidalari hamda intellektual mulk sohasidagi bilimlarni va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan turli tadbirlar, seminarlar, "davra suhbatlari", treninglar o'tkazib keladi.

    Shuningdek, aynan ushbu sanaga atab Intellektual mulk agentligi respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodiyotni rag'batlantirish, innovasion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko'maklashish, ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, qo'llab-quvvatlash, eng yaxshi mulk ob'ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash maqsadida ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazasi yo'nalishlari bo'yicha "YANGI INTELLEKT-2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi o'tkazilishini e'lon qilgan edi.

Xalqaro intellektual mulk kuni va "YANGI  INTELLEKT-2017" - eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun tanloviga bag'ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi

 

    Tanlovni o'tkazish uchun Intellektual mulk agentligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Axborot texnologiyalar va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy attestasiya komissiyasi, Fan va texnologiyalar Agentligi (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi) mutaxassislaridan iborat Tanlov tashkiliy qo'mitasi tuzildi.

    Tanlovda "Eng yaxshi ixtiro", "Eng yaxshi foydali model", "Eng yaxshi sanoat namunasi", "Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma'lumotlar bazasi" nominasiyalari bo'yicha sovrinli Tanlovda 1-3 o'rinlarni egallagan g'oliblar diplom, pul mukofotlari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

    Matbuot anjumani davomida jurnalistlarga sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, intellektual mulk ob'ektlarini ro'yxatdan o'tkazish va Intellektual mulk agentligi faoliyati bo'yicha boshqa ma'lumotlar berildi.

 

 

 Axborot Xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2