www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida
27
апрель
2017

O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida

 

    O`zbekiston Respublikasining "O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi 2017 yil 18 apreldagi O`RQ-429-son qonuniga asosan, O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va "Tovar belgilari, xizmat ko`rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to`g`risida"gi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.

   Ushbu Qonunga o`zgartish va qo`shimchalar tovar belgisi egasini insofsiz raqobatchilardan himoya qilish maqsadida "kontrafakt tovar" tushunchasi kiritildi, tovar belgisidan foydalanish holatlari yanada keng yoritildi.

    Jumladan tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi amal qilgan oxirgi besh yil (oldingi tahririda istalgan besh yil) mobaynida undan uzluksiz ravishda foydalanilmagan taqdirda boshqa tadbirkorning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida muddatidan oldin to`liq yoki qisman tugatilishiga o`zgartish kiritildi.

    Shuningdek, tovar belgisi huquqi ro`yxatga olinganligi to`g`risidagi ma'lumotlar Agentlikning "Rasmiy Axboronoma"sida chop etilgan. Endilikda kiritilgan o`zgartishda Agentlikning "Rasmiy Axboronoma"si elektron ko`rinishda Agentlikning o`z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladi. Bu o`zgartishda tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratilib, tovar belgisi huquqi ro`yxatga olinganligi to`g`risidagi ma'lumotlardan internet tarmog`i orqali foydalanishi imkoni berildi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Boshqa yangiliklar:

12 декабрь 2016 Ma'ruzalar
12 декабрь 2016 Idoralararo hamkorlik
12 декабрь 2016 Appelyatsiya kengashi
12 декабрь 2016 Agentlik haqida
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3