www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » "YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g'oliblari aniqlandi
28
апрель
2017

"YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g'oliblari aniqlandi

  Intellektual mulk agentligi respublikada ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodiyotni rag'batlantirish, innovasion faoliyatni rivojlantirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko'maklashish, ilg'or texnologiyalarni tadbiq etish, ixtirochilik faoliyatini faollashtirish, qo'llab-quvvatlash, eng yaxshi mulk ob'ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash maqsadida ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, dasturiy mahsulotlar yo'nalishlar bo'yicha "YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi o'tkazilishini e'lon qilgan edi.

  Ushbu tanlovda qatnashish uchun Agentlikka 172 ta talabnoma kelib tushdi, ulardan ixtiro bo'yicha - 28 ta, foydali modelga - 17 ta , sanoat namunasiga - 33 ta va EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazasiga - 94 ta.

  Tanlovni o'tkazish uchun Intellektual mulk agentligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Axborot texnologiyalarini va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy attestasiya komissiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi mutaxassislaridan iborat Tanlov tashkiliy qo'mitasi tashkil qilindi.

  Tanlov tashkiliy qo'mitasi qaroriga muvofiq Yillik tanlov g'oliblari aniqlandi va "Radission Blu" mehmonxonasida g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

 "YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g'oliblari aniqlandi

 

Quyidagilar "YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g'oliblari deb topildilar:

 

2017 yilning "Eng yaxshi ixtiro" nominasiyasi g'oliblari:

1-o'rin. Suyuqlik va gazlar oqimi parametrlarini issiqlik o'zgartirgichi (Toshkent davlat texnik universiteti, patent raqami IAP 05303);

2-o'rin. Oltingugurtning dorivor shaklini olish usuli (Toshkent farmasevtika instituti , patent raqami IAP 05307);

"YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g'oliblari aniqlandi

3-o'rin. Mayda shoxli qoramollarda kolibakterioz, salmonellyoz va pasterellyoz kasalliklarini oldini olish uchun inaktivlangan radiobiologik vaksina va uni olish usuli (O'zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti , patent raqami IAP 04892).

2017 yilning "Eng yaxshi foydali model" nominasiyasi g'oliblari:

1-o'rin. Mavsumiy issiqlik jamlovchi quyoshiy issiqlik ta'minoti tizimi (O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi "Fizika-quyosh" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi S.V. Starodubsev nomidagi Fizika-texnika instituti, patent raqami FAP 01157);

"YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g'oliblari aniqlandi

2-o'rin. Gidrofil elektrod osti qoplamasi (Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, patent raqami FAP 01075)

3-o'rin. Tolali materialni tozalagich("Paxtasanoat ilmiy markazi" aksiyadorlik jamiyati, patent raqami FAP 01165).

2017 yilning "Eng yaxshi EHM uchun yaratilgan dastur va ma'lumotlar bazasi" nominasiyasi g'oliblari:

1-o'rin. Bachadon miomasi bor ayollarda miomatoz tugunlari turini aniqlash uchun dastur (Muratova Nigora Djuraevna, Babadjanova Guldjaxan Sattarovna, Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, guvohnoma raqami DGU 03154);

"YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g'oliblari aniqlandi

2-o'rin. "Play and Learn" (O'yna va o'rgan) (Yo'ldoshovHakimboy Yarashbaevich ", guvohnoma raqami DGU 03927);

3-o'rin. O'simliklarni himoya qilish - ma'lumot maslahat tizimi (Abdullaeva Xuriyatxon Zafarbekovna, guvohnoma raqami DGU02990).

"YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g'oliblari aniqlandi

2017 yilning "Eng yaxshi sanoat namunasi" nominasiyasi g'oliblari:

1-o'rin. "O'ZAVTOYO'L" ishchilari uchun maxsus kiyim to'plami (Xakimova Dilorom Alisherovna, patent raqami SAP 01351);

2-o'rin. Majburiy sovitiladigan fotoelektrik qurilma (O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi "Fizika-quyosh" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi S.V. Starodubsev nomidagi Fizika-texnika instituti, patent raqami SAP 01413);

3-o'rin. Universal sovg'a qutisi ("Sovplastital" aksiyadorlik jamiyati , patent raqami SAP 01479).

"YANGI INTELLEKT - 2017" eng yaxshi intellektual mulk ob'ekti uchun yillik tanlovi g'oliblari aniqlandi

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 2