www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Milliy va xalqaro patent tizimi. Elektron tarzda talabnomalar topshirish va patent jarayonlarini amalga oshirish" mavzusida mintaqaviy seminar o'tkazildi
19
май
2017

Milliy va xalqaro patent tizimi. Elektron tarzda talabnomalar topshirish va patent jarayonlarini amalga oshirish" mavzusida mintaqaviy seminar o'tkazildi

 

Milliy va xalqaro patent tizimi. Elektron tarzda talabnomalar topshirish va patent jarayonlarini amalga oshirish" mavzusida mintaqaviy seminar o'tkazildi

     O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) bilan hamkorlikda 2017 yil 17-18 may kunlari "Milliy va xalqaro patent tizimi. Elektron tarzda talabnomalar topshirish va patent jarayonlarini elektron tarzda amalga oshirish" mavzusida mintaqaviy seminar o'tkazdi.
      Seminarning maqsadi ishtirokchilarni intellektual mulk tizimini rivojlantirish bilan bog'liq BIMT faoliyati, patentlarni himoya qilish va ulardan foydalanish, PCT - xalqaro patent tizimi, ePCT tizimidan foydalanish bilan tanishtirish va axborot texnologiyalardan foydalangan holda patent tizimidagi xizmatlarni yaxshilash. Shuningdek, milliy patent tizimining patent muhofazasini soddalashtirish, elektron tarzda talabnomalarni topshirish, qabul qilish va ko'rib chiqishni joriy qilish, ushbu sohada xorijiy tajribani o'rganishdan iborat

Milliy va xalqaro patent tizimi. Elektron tarzda talabnomalar topshirish va patent jarayonlarini amalga oshirish" mavzusida mintaqaviy seminar o'tkazildi

 

   Seminarda BIMT vakillari, Rossiya, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Ukraina va O'zbekiston Respublikasi mutaxassislari tomonidan PCT - xalqaro patent tizimi va BIMTning boshqa onlayn vositalaridan foydalanish, Yevrosiyo patent tashkilotining (EAPO) patent muhofazasi bo'yicha mintaqaviy tizimi, elektron xizmatlar va mahsulotlar masalalari keng yoritildi hamda O'zbekiston va boshqa davlatlarda milliy patent tizimlarini rivojlantirish muammolari va istiqbollari muhokama qilindi. 

Milliy va xalqaro patent tizimi. Elektron tarzda talabnomalar topshirish va patent jarayonlarini amalga oshirish" mavzusida mintaqaviy seminar o'tkazildi

 

 

    O'zbekistonlik talabnoma topshiruvchilar uchun Intellektual mulk agentligi PCT prosedurasi bo'yicha Qabul qiluvchi idora funksiyasini bajaradi. Shuningdek, Agentlik PCTshartnomasiga a'zo barcha davlatlardan xalqaro talabnomalar qabul qiladi.

Ixtirolarni patentlashtirish natijalari so'nggi 5 yilda (2012-2016 yy.) quyidagi ko'rsatkichlar bilan ifodalanadi:

Ø Agentlikka 3801 talabnoma kelib tushgan, ulardan PCT bo'yicha - 1104 ta;

Ø Davlat reestrlarida 1160 ixtiro ro'yxatga olingan, ulardan 303 tasi PCT bo'yicha muhofaza berilgan talabnomalar.

PCTbo'yicha Agentlikka kelib tushgan talabnomalarning eng ko'pi AQSh (315), Shveysariya (143), Yaponiya (129), Koreya (39) va Rossiya (30) ga to'g'ri keladi.

Tadbirda BIMT vakili tomonidan ePCT tizimi bo'yicha taqdimot o'tkazildi va PCT talabnomalari bo'yicha ish yuritish bo'yicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, EAPO vakili Yevrosiyo patent tashkilotining elektron xizmatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.

      BIMT EAPO talabnoma beruvchilari, patent vakillari va boshqa foydalanuvchilarga patent olish uchun xalqaro talabnomalarni on-layn tarzda topshirish va ular bo'yicha ish yuritish uchun ePCT interfeysini taklif etadi.

Tadbir davomida Yaponiya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Qozog'iston va Ukraina kabi davlatlarda patent tizimi foydalanuvchilariga yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etishni ta'minlash bo'yicha masalalar muhokama etildi. Bundan tashqari seminarda elektron tarzda talabnomalarni topshirish, qabul qilish va ko'rib chiqish bo'yicha xorijiy mutaxassislar tajribasi o'rganildi va fikrlar almashildi

Milliy va xalqaro patent tizimi. Elektron tarzda talabnomalar topshirish va patent jarayonlarini amalga oshirish" mavzusida mintaqaviy seminar o'tkazildi

        RST bo'yicha xalqaro patentlashtirish va BIMT xizmatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalarni oshirish nafaqat Agentlik ekspertlari uchun, balki ixtirolari va ishlanmalariga xorijda huquqiy muhofaza olishni hohlovchi olimlar, mustaqil tadqiqotchilar va boshqa mutaxassislar uchun ham dolzarbdir.

 

Axborot xizmati
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 0
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 1