www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » MUQOBIL ENERGIYANING YANA BIR MANBAI
24
май
2017

MUQOBIL ENERGIYANING YANA BIR MANBAI

MUQOBIL ENERGIYANING YANA BIR MANBAI

 

  O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi M.T.O`rozboev nomidagi mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti mutaxassislari harakatlanayotgan transport vositasining mexanik energiyasini elektr energiyasiga aylantirish borasida o`ziga xos ixtiroga erishdilar. Butun dunyoda elektr energiyasini tejash aktual muammo bo`lib, turli-tuman yangi muqobil elektr energiyasi manbalari kashf qilinayotgan bir paytda bizning olimlarimiz ham bu borada muvaffaqiyatga erishayotgani quvonarlidir. Ixtiro o`tib ketayotgan transport vositasining mexanik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi, qaytma-ilgarilama harakat qila olish imkoniyati bilan bajarilgan, tok generatorili murakkab qurilma va platforma ko`rinishidagi transport vositasining o`tishi uchun moslamadan iborat. Bu qurilma va moslamaning ish jarayonida, ya'ni, platformali moslamaning ustida transport harakatlanganda qurilmada bir qator fizikaviy va texno-mexanikaviy murakkab jarayonlar yuz berishi natijasida tok generatorida elektr energiyasi hosil bo`ladi. Ixtironi transport vositalari gavjum joylarda qo`llash evaziga muqobil elektr energiyasi manbai hosil qilish mumkin bo`ladi.

Bu ixtiro uchun Annakulova Gulsara Kuchkarovna, Radkevich Mariya Viktorovna, Sattarov Bunyod Baxtiyarovich, Astanov Bekzod Jangiboevichdan iborat ixtirochilar guruhi FAP 01194raqamli patent oldilar.
Axborot xizmati

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Boshqa yangiliklar:

16 декабрь 2016 Gelioenergetik qurilma
12 декабрь 2016 Ipak qurtini boqish usuli
01 июль 2016 Transport vositasi
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4