www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Respublika viloyatlarida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida tadbirlar o`tkazildi
30
май
2017

Respublika viloyatlarida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida tadbirlar o`tkazildi

  2017 yilning 25-26 mayida O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tasdiqlangan Respublika hududlarida tadbirkorlarni intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi sohasida bilimlarni oshirish bo'yicha o'quv-seminarlarni o'tkazish tadbirlar rejasi doirasida Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog’iston respublikasida o'quv seminarlari o'tkazildi.

 

Respublika viloyatlarida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida tadbirlar o`tkazildi


  Tadbirlarda Savdo-sanoat palatasining viloyatlar hududiy vakillari, viloyatdagi yakka tartibdagi va boshqa xususiy tadbirkorlik sub'ektlari hamda kichik biznes vakillari ishtirok etdilar. Mazkur seminarda agentlik xodimlari tomonidan respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o'rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi to'siq va cheklovlarni bartaraf qilish masalalari keng yoritildi.

 

 

Respublika viloyatlarida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida tadbirlar o`tkazildi

 

Respublika viloyatlarida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida tadbirlar o`tkazildi

 

 

   Shunungdek, Agentlik mutaxassislari tomonidan Qashqadaryo viloyatida 26 mayda o’tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda "Intellektual mulkka oid asosiy tushunchalar. Intellektual mulkni muhofaza qilish bo`yicha asosiy qonun hujjatlari" mavzularida ma'ruzalar qilindi hamda so`nggi yillarda intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi sohasidagi o`zgarishlar, Agentlikning o`quv markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar to`g`risida ma'lumotlar berildi.

 

Respublika viloyatlarida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida tadbirlar o`tkazildi

   Tadbir so`nggida seminar qatnashchilari uchun Agentlik rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini sayor qabuli tashkillashtirildi, shuningdek intellektual mulk ob'ektlarini yaratish va joriy qilish masalalarining muhimligi muhokama qilindi.

 

 

Respublika viloyatlarida "O`zbekiston Respublikasida intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida tadbirlar o`tkazildi

  Axborot xizmati

 

 

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 3