www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » OLDINGILARIDAN AFZALROQ YANGI OZONATOR
16
июнь
2017

OLDINGILARIDAN AFZALROQ YANGI OZONATOR

OLDINGILARIDAN AFZALROQ YANGI OZONATOR

 

      Ixtirochi olimlarimiz tomonidan yangi ozonator moslamasi yaratildi. Ushbu moslamadan havoni, eritmalarni ozonlash, turli ob'ektlarga ozon bilan ishlov berishda foydalanish mumkin. Yangi moslama bungacha foydalanishda bo'lgan muqobillaridan bir nechta afzal jihatlari - barqaror koron razryad olishi, razryad tokini ko'paytirishi, ish samaradorligi yuqoriligi bilan farqlanadi. Ozonator tarkibiga koaksial joylashtirilgan va yuqori kuchlanish manbaiga ulangan ikkita razryadli elektrod kiradi. Ichki elektrod tashqi elektrodga nisbatan aylanish imkoniyati bilan yasalgan va o'z yuzasida o'tkazuvchan materialdan yasalgan koronasiyalash elementlariga ega bo'lib ular tikanlar yoki elastik panjalar ko'rinishida bajarilgan. Elektrodlar konuslarga o'tib boradigan silindrlar shakliga ega.

      Elektrod yoki uning qismi umumiy aylanish o'qi bo'ylab siljiy oladigan qilib bajarilgan. Ixtiro ozonli havo va ozonli kislorodga ehtiyoj bo'lgan bir qator sohalarda, jumladan, biologiya, tibbiyot, qishloq xo'jaligi va sanoatda keng qo'llanilishi mumkin.

      Ixtiro uchun S.Kim, A.Kamardin, A.Simonov, V.Lisisinlarga IAP 05398 raqamli patent topshirildi.

  Axborot xizmati

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 2
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4