www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » Keramik massa - kerakli massa
20
июнь
2017

Keramik massa - kerakli massa

Keramik massa - kerakli massa

 

    O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A.Azimov nomli "Fizika-Quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik instituti olimlari har xil vazifalarni bajaradigan keramik materiallar ishlab chiqarish, shu jumladan alyuminiy eritmalarining filtrasiyasi uchun g`ovakli o`tkazuvchan keramika tayyorlashda qo`l keladigan mexanik jihatdan pishiq, suv shimib olish darajasi past g`ovakli o`tkazuvchan keramik massa tarkibini ishlab chiqdilar. Odatda alyuminiy eritmalarining filtarsiyasi uchun g`ovakdor bo`lishi bilan birga juda mustahkam birikmali massa talab etiladi. Ana shunday xususiyatga ega keramik massa neft va gazni qayta ishlash jarayonlarining ishlatib bo`lingan katalizatorlarini o`z ichiga olgan keramik massa tarkibiga qo`shimcha ravishda yumshatilgan kaolin kiradi.

    Ushbu ixtiro uchun Rumi Marina Xristoforovna, Mansurova Elvira Pulatovna, Kulagina Natalya Aleksandrovna, Voronov Gennadiy Valentinovich, Zufarov Mars Axmedovichlardan iborat ixtirochilar guruhiga IAP 05399 raqamli patent topshirildi.

 Axborot xizmati

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 1
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4