www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI
» » "Intellektual mulk agentligining faoliyati va sohadagi rivojlanish tendensiyalari" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi
29
июнь
2017

"Intellektual mulk agentligining faoliyati va sohadagi rivojlanish tendensiyalari" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

        2017 yil 28 iyun kuni Milliy matbuot markazida Intellektual mulk agentligining faoliyati va sohadagi rivojlanish tendensiyalariga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

        Matbuot anjumanida Agentlik rahbariyati (Agentlik bosh direktori ma'ruzasi) va mutaxassislari tomonidan so'nggi yillardagi intellektual mulk sohasidagi o'zgarishlar, hamda Agentlikning 2017 yilning 1-yarim yilligi faoliyati to'g'risida ommaviy axborot vositalari uchun ma'ruzalar qilindi va axborotlar berildi.

"Intellektual mulk agentligining faoliyati va sohadagi rivojlanish tendensiyalari" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

 

      Joriy yilning yarim yilligi mobaynida Agentlikka intellektual mulk ob'ektlari bo'yicha 3939 (3324) ta talabnoma qabul qilindi, 2016 yilning shu davriga nisbatan o'sish 18,5 %ni tashkil etdi. Ushbu davrda 4163 (3922) ta intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalar bo'yicha davlat ekspertizasi o'tkazildi va o'tgan yilga nisbatan ushbu ko'rsatkich 6,1 % ga o'sdi.

      Davlat reestrlarida 1664 (1408) ta intellektual mulk ob'ektlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi, o'sish 18,2 % tashkil etdi, shu jumladan: ixtirolar - 108 ta, foydali modellar - 48 ta, sanoat namunalariga - 67 ta, tovar belgilari - 1062 ta, EHM uchun dasturlar - 352 ta, ma'lumotlar bazasi - 6 ta, seleksiya yutuqlari - 21 ta. Shuningdek, Agentlik tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan intellektual mulk ob'ektlariga oid 208 ta shartnoma ro'yxatdan o'tkazildi, ulardan: huquqni boshqa shaxslarga (to'liq yoki qisman) o'tkazish shartnomalari 101 ta va lisenziya shartnomalari 107 tani tashkil etadi.

       Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida intellektual mulk sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi bo'yicha joylardagi Ishchi guruh xamkorligida aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo komplekslari va shahobchalarda kontrafakt fonogramma va audiovizual mahsulotlar savdosi amalga oshirilishi yuzasidan 22 marotaba monitoring ishlari amalga oshirildi. Jami 394 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, qonunbuzilish holatlari to'g'risidagi ma'lumotnomalar Davlat coliq qo'mitasiga va Ichki ishlar vazirligiga yuborildi.

       Hisobot davrida Ichki ishlar va Davlat soliq idoralariga 14 279 ta (12 059 kontrafakt) audiovizual mahsulotlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar bo'yicha 50 ta ekspert xulosalari berildi.

       Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish, takrorlash, prokatga berish va fonogrammalar tayyorlash bo'yicha faoliyat turlariga 2017 yil boshidan hozirgi kunga qadar lisenziya talabgorlaridan 111 ta ariza kelib tushdi. Arizalar lisenziyalash faoliyatiga oid idoralararo komissiya tomonidan belgilangan tartibda ko'rib chiqildi va shundan 95 tasiga tegishli lisenziyalar berildi.

 

"Intellektual mulk agentligining faoliyati va sohadagi rivojlanish tendensiyalari" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

 

 

       2017 yilning boshidan hozirgi kunga qadar Agentlikning Apellyasiya kengashi buzilgan yoki bahsli huquqlar to'g'risidagi nizolarni ko'rib chiqish bo'yicha sudgacha organ sifatida 12 ta apellyasiyani qabul qildi. Hisobot davrida Apellyasiya kengashi yig'ilishlarida 14 ta apellyasiya ishi ko'rib chiqildi, shulardan 9 tasi bo'yicha esa rad etish to'g'risida qaror qabul qilindi, 1 tasi bo'yicha qanoatlantirish to'g'risida qaror qabul qilindi va 4 ta apellyasiya bo'yicha ish esa keyinga qoldirildi.

 

"Intellektual mulk agentligining faoliyati va sohadagi rivojlanish tendensiyalari" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

      Ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan tovar belgilari, ixtirolarning huquqiy muhofazasi, patent qidiruviga oid, mualliflik huquqlari va Intellektual mulk agentligining boshqa faoliyati yo'nalishlari bo'yicha berilgan savollariga Agentlik mutaxassislari to'laqonli javoblar berdilar.

 

"Intellektual mulk agentligining faoliyati va sohadagi rivojlanish tendensiyalari" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

 

 

   Axborot xizmati

 

 

 

 

 

скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 5